farmoyish hujjatlarida
«Виуигатап» so‘zidan, bayonnomaning
«Кип
tartibi», «Eshitildi», «So'zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy
qismlaridan so‘ng;
—
matnning
«Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin.
О
a vs
hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha
izoh berish zarurati
bo‘lganda qoMlanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki
miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim.
Masalan:
8500 (sakkiz ming beshyuz) so ‘mlik.
Tire
quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
— izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida.
Masalan:
Javobgar - marhumning
tug ‘ishgan singlisi.
— ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida.
Masalan:
Onasinikiga -
Вш ого shahar,
Yangiyer ко ‘
chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ко ‘chib
ketgan.
T opshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi so‘z va birikmalar yordamida gaplar tuzing, finish
belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling.
♦
Qabul qilib olingan narsalar, ilova,
bir tomondan, e’tiborga olib, o‘quv yurtini
tugatgach, ko‘chib kelganligi sababli, so‘zga chiqdilar, a’zolari, quyidagilar
aniqlandi, shu haqdakim, tomonlarning
huquqiy manzillari, o‘quv yurti
talabasining majburiyatlari, va boshqa buyumlar bilan ta’minlash, quyidagilar
haqida tuzildi, da’vogar, javobgar
2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan quyidagi so'zlarning hozirgi
tilimizdan m a’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing:
munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni oliy, mirzaboshi,
devonbegi.
10
T A S H K I L I Y H U J J A T L A R
Tashkiliy
hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning
huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalaming huquqiy
tomonlari kabi masalalami aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom qoida,
ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
N I Z O M - U S T A V
Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona
va
shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari
tartibotini belgilaydigan huquqiy
hujjat
nizom deyiladi. Nizom ayrim
mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko'rik,
musobaqa, tanlov va
boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida
tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tegishli hokimiyat
tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalaming tarkibiy qismlari ulaming rahbarlari
tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash
ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.
Muvaqqat
komissiyalar, guruhlar va shu kabilaming huquqiy maqomlari
ham nizom bilan belgilanadi.
11