Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
AKT VA MEDIA SAVODXONLIK
moduli bo‘yicha
“Didaktik vositalar, o‘quv metodik materiallar tayyorlashda amaliy
dasturlardan foydalanish”
o‘quv kursining
“Matn muharriri yordamida fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan didaktik
materiallar tayyorlash”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Toshkent 2021
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Mavzu: Matn muharriri yordamida fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan
didaktik materiallar tayyorlash
Reja:
1. Matn muharriri dasturlari va ularning imkoniyatlari
2. MS Word dasturi imkoniyatlari
3.
MS Word dasturi interfeysi va uskunalari
Tayanch tushunchalar: matn muharriri, microsoft, word, didaktik materiallar,
menyu, uskuna, shrift.
1. Muharrir (lot. – tartibga keltirilgan) – kompyuterning ob’ektlari (matn, jadval,
grafika, dasturlar) bilan ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot tizimidir.
Matnli hujjatlarni tayyorlovchi dasturlar guruxini asosan ikkiga ajratishadi: matn
muharrirlari va matn protsessorlari. Matn muharrirlari deb asosan matnli
fayllarni formatlash elementlari ishlatilmasdan tayyorlaydigan dasturlarga aytiladi.
Formatlash elementlari deganda matn qismlarini xar xil shriftlar va boshqalar bilan
ajratib ko‘rsatilmaganligi tushiniladi. Bunday muharrirlar asosan kompyuter
dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi. Matn prsessorlari matnni formatlash,
hujjatga grafika va boshqa ob’ektlar joylash imkoniyatini beradigan dasturdir.
Ayrim matn protsessorlari WYSIWYG – muharriri deb ataladi. Buning ma’nosi
What You See Is What You Get – nimani ko‘rayotgan bo‘lsang shuni olasan degani.
Boshqacha qilib aytganda kompyuter ekranida hujjatni qanday ko‘rsang uni chop
etganda qog‘ozdagi nus’hasida xam shundayligicha ko‘rasan. Bunday turdagi
muharrirlarga Wordni misol qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |