Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi
yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga
o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati
belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun
ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil ochib bermoqda. Ko‘pincha IT sohasining rivojiga
qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va
biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida
xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini
tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil
tartibda taqsimlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: