Obrazi talqiniga doir


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#97749
1   2   3   4   5
MMMS1614

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
80 
kiritmang,iltimos, - dedi Nazokat unga. Nega? Do’xtir kechasi yoningizda odam 
bo’lishini tayinlagan, - dedi hamshira. Vaqtincha kiritmay turing, iltimos. Lekin u 
havotirlanadi... Biror bahona o’ylab toparsiz! - dedi Nazokat va hamshiraning 
cho’ntagiga pul soldi. Hamshira ikkilangancha chiqib ketdi. Nazokat derazaga 
tikildi. Uning ko’z oldida o’g’illari paydo bo’ldi. Ayol o’kirib yubormaslik uchun 
labini qattiq tishladi”. Bu dialog orqali yozuvchi ayolning ichida tug’yon 
urayotgan dard va alamni ishonarli tarzda qalamga olganki, asarning jonliligi, 
estetik ta’sirini ta’minlagan. Ayolning butun tanasini shishlar egallab olganidan 
keyingi ahvolini xunuk va so’lg’in ruhiyatini eriga aslo ko’rsatishni xohlamaydi. 
Hamshiraga pul evaziga erini kiritmaslikka ko’ndiradi. U ikki tomonlama kurash 
ichida tasvirlanadi: tanasini egallayotgan dard va go’zalligini va ayollik 
nazokatini saqlash uchun qilinayotgan harakatlar. Nazokat go’zal o’lim topish 
va abadiy nazokatini saqlash uchun butun dunyo og’riqlariga chidashga tayyor. 
Shifokorlardan ham faqat bir narsa: xunuk holda o’lim topmasligi, qancha og’riq 
bo’lsa ba’riga chidashini aytib, ulardan najot kutadi. Hatto bu yo’lda bor-budini, 
tilla uzugigacha tikadi: “Nazokat tilla uzugini vrachning cho’ntagiga soldi. Suvni 
oling, iltimos. Faqat oxirigacha! Vrach yana javob bermadi. Hatto qarab ham 
qo’ymadi. Ayolning qo’li cho’ntagiga kirib chiqqanidan keyin ham yuziga 
qaramadi. Biroq: Hamshira!-deya chaqirdi yo’lakka qarab. Nazokat jilmaydi. 
Keyin yostig’i ostidan upa-elikni oldi...”. Hikoyaning eng ta’sirli, kitobxonni 
junbushga keltiradigan, bevosita yig’latadigan qismi, dard va og’riqning eng 
yuqori nuqtasi, o’lim sharpasi yonginasida izg’ib yurishiga qaramay, upa-elik 
yostig’i yonida va uni olishi. U metindek irodasini namoyon qiladi. Voqelikning 
yuksak va jonli tasviri yozuvchining chin ma’nodagi iste’dod egasi ekanligi, 
qalamining o’tkirligi-yu, yuksak did va saviya sohibaligiga yana bir bor amin 
bo’lamiz. 
Zulfiya Qurolboy qizining ana shunday hikoyalaridan yana biri “Yozsiz yil”dir. 
Hikoyadagi Buvgul xola obrazi Nazokatdan keskin farq qilsa ham, ularning 
o’xshash taraflari ham yo’q emas. Buvgul xola avtohalokat sababli sog’ligi va 
erkakligidan ayrilgan o’g’lining so’ngsiz iztiroblari va alamlarini ko’rib ado 
bo’layotgan, g’amga tamomila botgan bo’lishiga qaramay o’g’lining birgina 
tabassumi sabab barchasini unutish darajasida sabr-bardoshli, hattoki, o’zini 
unutib, borlig’ini farzandi baxti uchun baxsh etgan haqiqiy o’zbek ayoli obrazini 
ko’rishimiz mumkin. Muallif hikoyada tasvir chiziqlarni kitobxon barcha ikir-
chikirlarigacha yetkazib berishga uringan va buning uddasidan chiqqan ham. 
Ayolning kayfiyati, ichki azobi, ko’ngilni larzaga soladigan darajada badiiy 
bo’yoqlarda ideallashtirilgan. Uning o’y-xayollar girdobi tasvirini yozuvchi 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin