Tashqi savdo siyosatida notarif metodlarning


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix14.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#97992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tashqi-savdo-siyosatida-notarif-metodlarning-qo-llanilishi-va-zamonaviy-xususiyatlari

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Tashqi savdoning ahamiyati va uning iqtisodiyotdagi roli, taraqqiyot yoʼlida 
obʼektiv zarurat ekanligi koʼplab iqtisodchilar tomonidan oʼrganilgan. Bugungi kunda 
ham ushbu mavzu oʼz dolzarbligini saqlab qolmoqda. Аynan eksportning tarkibiy 
xususiyatlari va uning iqtisodiy oʼsish bilan bogʼliqligini birinchilardan boʼlib, oʼz 
ishida Prebish Raul koʼrib chiqqan 
1
. Uning tadqiqotlari natijasi shuni koʼrsatdiki, 
mamlakatning xomashyo eksportiga ixtisoslashuvi ushbu mamlakat va tayyor 
mahsulotlar eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar oʼrtasidagi iqtisodiy rivojlanish 
darajasidagi tafovutni oshirib boradi. Buning sababi jahon bozorida yuqoridagi ikki 
1
Xasbulotov R. Международные экономические отношения в 3 ч. Часть 1, 3-е изд., Москва. Юрайт-2018 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 620
turdagi mahsulotlarga boʼlgan narxlar turli surʼatlarda oʼzgaradi va talabning 
barqarorlik darajasi ham farq qiladi. 
Shuningdek, eksportning tovar tarkibi va uning iqtisodiy oʼsishdagi bevosita roli 
Lederman D. va Maloniy V. tadqiqotlarida oʼrganilgan
2
. Tadqiqotchilar eksport 
qilinayotgan mahsulotlarning qayta ishlanganlik darajasi va iqtisodiy oʼsish oʼrtasidagi 
korrelyatsion bogʼliqlikni koʼrsatib bergan. Shuningdek, Rodrik D. 
Xitoy eksporti misolida eksport tovar tarkibining ahamiyatini empirik tahlil 
qilgan
3
. Mamlakatimizda ham ushbu yoʼnalishda qator olimlar tadqiqotlar va ilmiy 
izlanishlar olib boradilar. Jumladan, Аʼzam S. oʼz ishlarida mamlakatimiz tashqi 
savdosini tarkibiy takomillashtirish imkoniyatlari va salohiyatini oʼrganib chiqqan
4
. Shu 
bilan birga, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va tashqi savdo geografik tarkibi 
oʼrtasida bogʼliqlik mavjudligini koʼrsatib bergan
5

Yuqoridagi ishlarda mamlakat eksporti tarkibining iqtisodiy oʼsishga taʼsiri, 
iqtisodiy rivojlanish darajasining eksport tovar va geografik tarkibida aks etish 
xususiyatlari oʼrganilgan. Qayta ishlanganlik darajasi yuqori boʼlgan mahsulotlar 
eksporti qoʼshilgan qiymat uchun sarf qilingan kapital mamlakatda qolishini, boshqa 
soʼzlar bilan aytganda xomashyoni tayyor tovar koʼrinishiga keltirish jarayonida 
yaratilgan boyliklar mamlakat aholisi tomonidan oʼzlashtirilishi tovar tarkibining 
iqtisodiy oʼsishga taʼsiri ochib beradi. Uning geografik tarkibini takomillashtirish esa 
barqaror bozor va yuqori toʼlov qobiliyatiga ega mamlakatlar bilan savdo aloqalarini 
rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu bilan eksport tushumlari hajmini oshirish va uning 
barqarorligini taʼminlash imkoniyati paydo boʼladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin