Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

FIRMANING TA’SIS SHARTNOMASI
Ta’sis shartnomasi firma ta’sischilari ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat 
bo‘lganda tuziladi. Firmaning ta’sis shartnomasida firmani tashkil qilish, faoliyat 
yurgizish, firmani boshqarish tamoyili va mexanizmlari, nizom jamg‘armasining 
tarkibi va unga qo‘shiladigan ulushlar, firma foydasini ta’sischilar o‘rtasida 
taqsimlash qoidalari, firmaning ichki boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini 
o‘zgartirish va uni tugatish bilan bog‘liq yo‘l-yo‘riqlar va o‘zaro kelishuvlar o‘z 
aksini topgan bo‘lishi kerak. Bu hujjatlar tuman (shahar) hokimligiga firmani 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshiriladi. Hokimlik topshirilgan hujjatlar 
asosida firma davlat ro‘yxatiga olingani haqida qarorni qabul qiladi va maxsus 
guvohnoma beradi. Bu qarorning chiqishi firma ochilganligidan dalolatdir. Endi bu 
qaror asosida 30 kun ichida firma biror bankda o‘z hisob raqamini ochishi, hisob 
raqamiga nizom jamg‘armasida ko‘zda tutilgan mablag‘ni qo‘yib, o‘z moliyaviy 
faoliyatini boshlashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, firmani soliq inspeksiyasi va 
kelajakdagi faoliyati bevosita bog‘liq bo‘ladigan tashkilotlar o‘z ro‘yxatiga kiritishi 
kerak. Firmaning o‘z nomi, muhri va belgilari bo‘lib, ular davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida yuridik shaxs maqomi 
beriladi. Firma nomi tushirilgan dumaloq va burchakli muhrlari, ish qog‘ozlarini 
Firma nizomi
 — firmaning ichki va tashqi faoliyatini tartibga soluvchi, 
huquqiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjat.


23
23
22
FIRMANING TANIQLILIK BELGILARI
Firmaning nomi, tamg‘asi yoki tovar belgisi uning taniqlilik belgilari hisoblanadi. 
Ularni tanlashda firmaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Firmaning 
tamg‘asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari boshqa firma mahsulotlaridan ajralib 
turishi uchun xizmat qiladi. Firmaning tovar belgisi iste’molchilar uchun ham 
qulaylik yaratadi. Ular peshtaxtalardan, reklama va e’lonlardan u yoki bu firmaning 
mahsulotlarini tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi. Shuningdek, firma o‘z 
nomi, tovar belgisini ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro‘yxatdan 
o‘tkazishi lozim. Chunki, boshqa mavjud firmalarning nomini qo‘yish, tovar 
belgilaridan foydalanish dunyo bo‘yicha taqiqlangan.
1. Mashhur 10 ta firmaning tovar belgilarini chizib, ular haqida ma’lumot 
to‘plang.
2. Biron-bir qarindoshingiz ochgan firmaning nomi, nizomi, ta’sis shartnomasi 
va tovar belgilari bilan tanishib chiqing. Ularning firma faoliyatidagi ahamiyatini 
so‘rab-surishtiring va u haqida kichik referat yozing.
Topshiriq
1. Firma ochish tartibini tushuntirib bering.
2. Firmaga nizom nima uchun kerak va nizomda nimalar aks ettiriladi?
3. Firma nizomida ko‘rsatilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinmi?
4. Firmaning ta’sis shartnomasi qanday hollarda tuziladi va u nimalarni o‘z ichiga
oladi?
5. Firmaning ta’sis shartnomasi nima uchun tuziladi?
6. Firma qayerda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?
7. Firmaga tovar belgisi nima uchun kerak? 
8. Nima sababdan firmalarga bir-birining taniqlilik belgilaridan foydalanishga ruxsat 
berilmaydi?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin