Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

I bob. Tadbirkorlik va 
ishlab chiqarish
Ushbu bobdagi materiallarni o‘rganish natijasida quyidagi bilim
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
DARSLIKDAGI MATERIALLARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Darslik yordamida 30 ta dars va 4 ta (har bir chorakda bittadan) oraliq nazorat 
o‘tkazish maqsadga muvofiq. Har bir mavzuga oid materiallarni bitta dars davomida 
va uyda o‘rganish lozim.
Yangi mavzuni yoritishda, asosan, yuqorida ta’riflangan 2– 5-band material-
lari bilan ishlash kerak.
3-bandda berilgan materiallardan, asosan, uyda o‘qish va o‘rganish uchun 
foydalanish lozim.
Dars mavzusini mustahkamlashni 6-banddagi savol va topshiriqlar hamda 
7-banddagi topshiriqlar va mashqlar yordamida amalga oshirgan ma’qul.
8-banddagi topshiriqlar kichik izlanish va tadqiqot sifatida o‘quvchilarga 
mustaqil ish qilib berishga mo‘ljallangan. Bunda, zarur hollarda o‘quvchi kattalar 
bilan hamkorlik qilishi ham lozim bo‘ladi.
9—12-banddagi savollar, o‘zak jumlalar va qadriyatlar mustaqil mushohada 
yuritish, bilimlarni boyitish, amaliyotda qo‘llab ko‘rish va o‘z-o‘zini tekshirish 
maqsadida ishlatilgani ma’qul.
O‘quvchilar diqqati 4-banddagi kalit atamalar va 10-banddagi mavzuning o‘zak 
jumlalariga qaratilishi lozim.
Uyga vazifalar dars davomida foydalanilmagan 9 — 10-band savol va top-
shiriqlari asosida berilgani ma’qul.
Har bir bob oxirida berilgan takrorlash uchun savol va topshiriqlardan 
o‘tilganlarni mustaqil ravishda takrorlab borish hamda oraliq nazorat ishlariga 
tayyorlanish maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. 


99
8
TADBIRKORLIK VA UNING XUSUSIYATLARI
Tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik 
asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikni boshqacha qilib, 
ishbilarmonlik, sohibkorlik yoki biznes deb ham yuritiladi. Bunday faoliyat bilan 
muvaffaqiyatli shug‘ullana oladigan insonlarni tadbirkorlik layoqati bor kishilar 
yoki tadbirkorishbilarmon yoki biznesmenlar deb atashadi. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin