keyingi yillardan boshlab esa yil oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi.
Xizmat muddatining oxirgi yilida amortizatsiya summasi tugatish qiymatidan
tashqari bo‘lgan miqdorda hisoblanadi.
Misol. Kraz yuk tashish mashinasining boshlang‘ich qiymati 12000000 so‘m
deylik. Tugatish qiymati 200000 so‘m. Xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya
me’yori 20 %.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida KRAZ yuk tashish mashinasi bo‘yicha
amortizatsiya ushbu usulda quyidagicha hisob-kitob qilinadi (2.6-jadval).
2.6-jadval
Yuk tashish mashinalari bo‘yicha eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash
usuli
Yillar
Amortizatsiya-
lanadigan
qiymat
Amortizatsiya
me’yori, %
Yillik
amortizatsiya
summasi
Jamlangan
amortizatsiya
summasi
Qoldiq
qiymat
1
12000000
40
4800000
4800000
7200000
2
7200000
40
2880000
7680000
4320000
3
4320000
40
1728000
9408000
2592000
4
2592000
40
1036800
10444800
1555200
5
1555200
-
1355200
11800000
200000
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish
maqsadidagi barcha asosiy
vositalarning hisoblangan eskirishi summasini bevosita asosiy ishlab chiqarish
schyotiga olib borib bo‘lmaydi.
Bunga sabab shundaki, ishlab chiqarish
maqsadidagi asosiy vositalar qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan barcha
qurilish ishlariga bir vaqtning o‘zida xizmat qilishi mumkin.
Shu bois, ishlab
chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan
amortizatsiya summalari
dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida yoki 2510 «Umumishlab
chiqarish harajatlari» schyotida alohida ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi.
Hisobot oyi oxirida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilgan amortizatsiya
ajratmalari qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlar o‘rtasida maxsus hisob-kitob
asosida taqsimlanadi. Amortizatsiya harajatlarini qurilish ob’ektlari o‘rtasida
taqsimlab chiqish turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ular ichida eng keng
tarqalganlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: