azobidan qo‘rqaman». (Yunus, 15.) Alloh taolo insonlarga payg‘ambar yuborishidan ikki narsani iroda qiladi:
Birinchisi, moddiy hayotda ko‘ringan hodisalarning sabablari ham asosan moddiy bo‘lib, bularga moddiy
bo‘lmagan narsalarning ta’siri ham bor. Payg‘ambarlar insonlarga moddiy sabablar bilan birga, moddiy
sabablar ustidan hokim bo‘lgan ilohiy qudratga ishonmoqni o‘rgatadi, har narsaning ilohiy irodaga bog‘liq
ekanligini, «Koinot» deb atalmish bu borliqni ilohiy iroda boshqarganidek, g‘ayri tabiiy hollar ham shubhasiz
Allohning xohish-irodasi bilan sodir bo‘lishini tushuntiradi.
Ikkinchisi, inson o‘z aqli bilan barcha fazilatlarni topa olmaydi, chunki, aqlning quvvati har bir insonda
turlicha bo‘lgani uchun, fikr ham, amal ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi odamlarning nazdida yaxshilik yomonlik
bo‘lib ko‘rinishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa, yaxshilikni aniq his qila turib, uni ado qilmaydilar.
Ba’zilar esa, yomonlikni bila turib, unga ruju’ qiladilar.
Payg‘ambarlar ana shu insonlarga, ularning o‘zligini tanitadilar, yaxshilik bilan yomonlik chegarasini aniqlab
beradilar, ularning har bir harakati Allohning nazarida ekanligini, yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo
muqarrar ekanligini anglatadilar. Hech kimning ezgu ishlari zoe’ bo‘lmaydi, yomonliklariga esa uzr qolmaydi:
َو َﻦﻳِﺮِّﺸَﺒُﻣ ﻼُﺳُر اًﺰﻳِﺰَﻋ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآَو ِﻞُﺳﱡﺮﻟا َﺪْﻌَﺑ ٌﺔﱠﺠُﺣ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻠَﻋ ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ َنﻮُﻜَﻳ ﻼَﺌِﻟ َﻦﻳِرِﺬْﻨُﻣ ﺎًﻤﻴِﻜَﺣ ) ١٦٥ ( «Payg‘ambarlar kelgandan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo‘lmasin deb payg‘ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Alloh qudrat va hikmat sohibidir». (Hiso, 165 ) Alloh taolo oxiratda hech bir bandasini beayb va besabab jazolamaydi. Shuningdek, o‘zining mavjudligini va
yagonaligini bildirmay turib: «Meni nega tanimading, nega menga itoat va ibodat qilmading?» - deb qahr
qilmaydi. Bu haqda Alloh shunday marhamat qiladi: