Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
ﺎَﻬﻴِﻓ ُﻞَﻌْﺠَﺗَأ اﻮُﻟﺎَﻗ
َءﺎَﻣِّﺪﻟا ُﻚِﻔْﺴَﻳَو ﺎَﻬﻴِﻓ ُﺪِﺴْﻔُﻳ ْﻦَﻣ
«Unda
(Yerda)
buzg‘unchilik qiladigan, (nohaq ravishda)
qonlar to‘kadigan kimsani
yaratmoqchimisan?». (Baqara, 30.)
Ba’zi mufassirlarning
aytishlariga qaraganda, Yerda avval olti marta inson avlodi yaratilgan va yashagan
bo‘lib, yettinchisi Odam otaning avlodlaridir. Ko‘pgina mufassirlar esa,
Yerda Odamdan oldin odam
qiyofasidagi Jon va uning avlodlari jinlar yashagan, deydilar.
2.2. SHIS (A.S.)
Hazrati Havvodan doimo bir qiz-bir o‘g‘il egiz farzand tug‘ilar edi. Egiz tug‘ilgan
bolalar bir-birlariga
nikohlanardilar.
Odam (a.s.) bir yuz o‘ttiz yoshga yetganlarida, Shis
(Tavrotda Shit)
(a.s.) yigirma beshinchi juft
farzand
bo‘lib, singlisi Hazuro bilan tug‘ildi. Unga Hibatulloh deb ism qo‘ydilar. Chunki Shis tug‘ilgan vaqtda Jabroil
(a.s.):
«Bu Hobilning o‘rniga Allohning bergan hadyasidir» - degan edilar. Alloh taolo unga payg‘ambarlikni
ehson qildi, ellik sahifalik kitob tushirdi. Bu haqda Abu Zar al-G’iforiydan shunday hadis rivoyat qilingan: «Men
Rasulullohdan payg‘ambarlarga nechta kitob tushirilganini so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar:
Dostları ilə paylaş: