Q
urbonbekov Shohzamon 2010-yilda Sirdaryo
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan.
Hozirda tumandagi 53-sonli maktabning 6-sinf o‘quv-
chisi.
BEGUNOH BOLA
Qishloqlarning birida Alisher degan bir bola bor
ekan.U aqlli,bilimdon, sinflarida eng a’lochi o‘quvchi
ekan. Alisher darslarda eng ko‘p baho oladigan bola
ekan. Kunlarning birida Alisher 6 soat darsining ham-
masidan 5 baho olibti. Sinfdoshlari Sarvar, Anvar, G’ayrat
unga xasad bilan qarashibti. Darsdan so‘ng bolalar Al-
isherni yo‘lini to‘sishibti. Chunki sinfni orqaga tortayot-
gan o‘rtoqlariga yoqmabtida. Alisher uyga vazifani biz-
ga berib tur dedi Anvar.
Ustoz bilib qoladilar, o‘zlaring dars qilinglar deya
daftarlarini bermadi . Sarvarni bu javobdan jahli chiq-
di. Bolalar Alisherni daftarlarini zo‘ravonlik bilan tortib
olishdi. Alisher sinfdoshlaring bu harakatidan juda ham
ranjidi. Alisher ertasiga tushkun kayfiyatda maktab-
ga keldi. Dars boshlandi. Alisherni ustozi hammaning
daftarlarini tekshirdi. Lekin Alisher daftarini bermadi.
56
57
Ustozi bundan hayron bo‘ldi, chunki har doim Alisher
darslarni vaqtida bajarar edida. Ustozining siquvi bilan
bor haqiqatni Alisher aytib berdi. Ustozi bolalarni so‘roq
qildi,lekin bolalar bu voqeani tan olishmadii. Ustozi Al-
isherga emas, Sarvar,Anvar,Ğayratning gapiga ishondi.
Ustozi
Bu bolalarga sen to‘xmat qilayapsan,seni daftarla-
ringa bu bolalar teginmaydiku, deb sinfdoshlarini old-
ida uni urishdi. Alisher ustoziga gapi rostligini qanday
isbotlashni bilmay turdi. Alisherning ko‘zi jiqqa yoshga
to‘ldi,chunki ustozidan bunaqa gap eshitmagandida. Bo-
lalarning birini yolg’on gapirganiga vijdoni qiynalib bor
haqiqatni aytib berdi.
Alisherning daftarlarini biz oldik ustoz uni urish-
mang dedi G’ayrat. Bizni kechiringlar ustoz, boshqa
unaqa ish qilmaymiz deyishdi. Sizlar mendan emas ,
Alisherdan kechirim so‘ranglar dedi ustozi. Alish-
er ustozini oldida begunoh , yolg’onchi bo‘lmaganidan
xursand bo‘ldi.
TUSH
Dilshodning otasi og’ir kasallikka duchor bo‘ldi,
keyinchalik esa vafot etdi. Dilshod otasining vafo-
tidan so‘ng juda ham qattiq tushkunlikka tushib qoldi.
Dilshod onasining gapiga quloq solmas ,onasiga gap
qaytarar edi. Bir kuni Dilshodni onasi o‘g’liga hovlida
turgan bosh idishlarni suvga to‘dirib qo‘yishni aytdi.
Dilshod onasining aytganini qilmay, jahl bilan ko‘chaga
chiqib ketdi.Onasi undan juda ham ranjidi. Dilshod ke-
chasi bilan ko‘chada sang’ib yurib , kech uylariga qayt-
di. Onasi o‘g’lidan xavotir olganini va bundan so‘ng bu
holni takrorlamasligini aytganda, u hatto tinglamadi.
Yana qayta va qayta Dilshod allamahalgacha ko‘chadan
beri uyga kelmasdi. Onasi o‘g’lidan shu paytgacha qay-
erda yurganini so‘rasada, Dilshod onasini eshitmay xo-
nasiga kirib ketardi. Shu kuni Dilshodning tushiga otasi
kiribdi. Otasi Dilshodga onasini xafa qilmasligini, otasini
o‘rnini bildirmasligini aytibdi.Dilshod cho‘chib uyg’onib
ketdi. U onasini xafa qilgani uchun dadasi tushiga kir-
ganini anglab yetdi. Dilshod ertalabdan uydan chiqib
ketdi. Keyin bir chiroyli guldastani olib onasiga olib ke-
lib berdi.U onasidan uzr so‘rab,yuzlaridan o‘pib gulni
berdi.Onasi bundan juda ham xursand bo‘ldi. Xatosini
anglab to‘girlash kerakligini bilgani, onasini quvontirdi.
58
59
Dostları ilə paylaş: |