Pascal dasturlash tili



Yüklə 30,34 Kb.
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü30,34 Kb.
#107822
  1   2
dasturlash tillari haqida


Pascal dasturlash tili yuqori darajali obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili. Pascal dasturlash tili 1970-yilning boshida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Pascal dasturlash tili, dasturlashni tizimli, strukturaviy va protseduraviy o'rgatish uchun ishlab chiqilgan. Lekin Pascal dasturlash tilidan foydalanib ham yuqori darajali mukammal dasturlarni tuzish mumkin.
Pascal dasturlash tilining asosi Algol tilidir. Pascal dasturlash tili juda ko'plab ma'lumotlar toifasiga ega til va dasturlarni strukturaviy dasturlashga juda qulay. Hozirgi Pascal kodlarini o'qisangiz xuddi ingliz tilida matn o'qiyotgandek bo'lasiz.

C (/siː/) — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969-1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++C#JavaObjective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi.

C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir.

Java qati’y va statik tipizatsiyaga ega boʻlgan va obyektga yoʻnaltirilgan umumiy maqsaddagi dasturlash tilidir. Avvaliga Sun Mycrosystems tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik Oracle kompaniyasi tarafidan sotib olingan.
Tarixi
Java dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni operatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.

Scratch - bu asosan kodni o'rganishda yordam beradigan 8-16 yoshdagi bolalarga mo'ljallangan blokli vizual dasturlash tili va veb-sayti. Sayt foydalanuvchilari Internetda blokga o'xshash interfeys yordamida loyihalar yaratishlari mumkin. Xizmat MIT Media Lab tomonidan ishlab chiqilgan , 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va dunyoning aksariyat qismlarida qo'llaniladi. Scratch maktabdan keyingi markazlarda, maktablarda va kollejlarda, shuningdek boshqa jamoat bilimlari muassasalarida o'qitiladi va qo'llaniladi.
Scratch qiziqarli va dasturlashni o'rganish oson bo'lishi uchun yaratilgan. Unda bloklarga asoslangan dasturlash yordamida interaktiv hikoyalar, o'yinlar , badiiy , simulyatsiya va boshqalarni yaratish uchun vositalar mavjud . Scratch-da o'zining bo'yoq muharriri va ovoz muharriri o'rnatilgan.

PHP - bu eng keng tarqalgan, zamonaviy web dasturlash tili hisoblanadi. Internetdagi saytlar va web-xizmatlarning aksariyati PHP-dan foydalangan holda yaratilgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, PHP saytlarning 80% dan ko'prog'ida, jumladan facebook.com, vk.com, baidu.com va boshqa xizmatlarda keng qo'llaniladi. Tilning soddaligi bizga turli xil murakkablikdagi saytlar va turli xil portallarni tez va osonlik bilan yaratishimizga imkon bera oladi.
PHP- 1994- yilda daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf tomonidan yaratilgan bo’lib, dastlab boshqa Perl tilidagi skriptlar to'plami edi. Keyinchalik ushbu skriptlar S tilidagi tarjimonga qayta yoziladi. Yaratilganidan beri PHP (PHP uchun qisqacha: Hypertext Preprocessor - PHP: Hypertext Preprocessor) web-saytlar va web-ilovalarni soddalashtirish uchun qulay vositalar to'plamini taqdim etdi.


Yüklə 30,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin