Anamnesis morbi:
O’zini 2 yildan beri kasal deb hisoblaydi. Arterial qon bosimi doimiy ravishda oshib turgan. Qon bosimini tushirish uchun papaverin, dibazol, magneziy sulfat olib turgan. Faqat qon bosimini tushirish uchun davolangan. Axvoli yaxshilanmagach, shu yilning 20-yanvar kuni TTA 2-klinikasi Kardiologiya va Revmatologiya bo’limiga davolanish uchun kelgan.
Bemorning xayotiy tarixi – Anamnesis vitae:
Go’daklik, bolalik va o’smirlik davri:
Bemor 1961-yilda, xizmatchi oilasida dunyoga keladi. Oilasida 3 ta farzand bo’lib, bemor 1-farzanddir. Bemor ona suti bilan boqilgan; o’sishi va rivojlanishi normal bo’lgan. U 7 yoshidan maktabga chiqqan. O’qishni yaxshi o’zlashtirgan. O’zining tengdoshlari bilan tez til topishgan, xushmuomala bo’lgan.
Jinsiy va oilaviy xayoti:
Turmushga chiqqan, 6 ta farzandi bor. Yetti marta xomiladorlik bo’lgan.
Oiladagi shart-sharoitlar yaxshi. Bemor oila a’zolari bilan yaxshi munosabatda.
3.Turmush sharoiti:
Uy sharoiti: Bemor xovlili uyda yashaydi. Uyning isitilishi, yoritilishi, namlik darajasi yaxshi. Uy kanalizatsiyalashtirilgan.
Moddiy sharoiti: Oila byudjeti etarli darajada. Bemor faslga mos kiyim kiyib olgan.
Ovqatlanishi: Bemor o’z vaqtida, sifatli, vitaminlar va mineral moddalarga boy oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qiladi. U shaxsiy gigienaga rioya kiladi, sport bilan shug’ullanmagan.
Mexnat faoliyati: choyxonada ishchi bo’lib ishlagan.
Zararli odatlari:
Yo’q.
Bemorning boshidan kechirgan kasalliklari:
Bemor bolalik va o’smirlik vaqtida ko’p kasallanmagan . Qizamiq bo’lgan.
Nasliy ma’lumotlar: Bemorning aytishicha, uning qarindoshlaridan xech qaysisida bu kasallik kuzatilmagan (irsiy moyillikni inkor etdi).
Allergologik anamnez:
Bemorda oziq-ovqatlarga , o’simliklarga nisbatan allergik reaksiyalar kuzatilmagan.
9. Epidemiologik anamnez: Bemor virusli gepatit bilan og’rimagan, yaqin 6 oy ichida yuqumli kasallar bilan muloqotda bo’lmagan, inyeksiyalar olmagan, stomatolog ko’rigida bo’lmagan, chet el safarida bo’lmagan.
Dostları ilə paylaş: |