Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


-bob. Autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish



Yüklə 18,81 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü18,81 Kb.
#186651
1   2
jonibek

3-bob. Autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish
14. Davolash-profilaktika muassasasida kasallik oqibatida vafot etgan shaxsning murdasida autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tegishliligi bo‘yicha patologik-anatomiya xizmatlarida amalga oshiriladi.
15. Patologik-anatomiya xizmati mas’ul xodimi murdani qabul qilib olishda uning kasallik tarixida qayd etilgan tashxisga asosan murdani qabul qilib oladi. Bunda mas’ul xodim tomonidan murdaning tashqi ko‘rinishi ko‘rikdan o‘tkaziladi.
16. Patologoanatom patologik-anatomik tadqiqotini boshlashdan oldin murdani tashqi holatini ko‘rikdan o‘tkazadi. Ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida jarohat va sinish belgilari mavjudligi aniqlanmasa, patologoanatom tadqiqotni davom ettiradi.
17. Ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida jarohat va sinish belgilari mavjudligi aniqlangan hollarda, patologoanatom murdada patologik-anatomik tadqiqotini o‘tkazishni rad etadi va bu haqda patologik-anatomiya xizmati rahbarini xabardor qiladi.
18. Patologoanatom murdaning tegishli tana qismini yoradi va murdaning ichki a’zolarini birma-bir ko‘rikdan o‘tkazadi.
19. Murdaning ichki a’zolarini ko‘rikdan o‘tkazishda gistologik tadqiqot uchun har bir ichki organdan 1 santimetrdan katta bo‘lmagan hajmdagi namunalar kesib olinadi. Agar davolash-profilaktika muassasasida vafot etgan shaxsning kasallik tarixida u yuqumli kasalliklar oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuningdek, tadqiqotni o‘tkazayotgan patologoanatom murdada yuqumli virus va mikroblar mavjudligiga shubha qilgan hollarda, virusologik va bakteriologik tekshiruv uchun namunalar olinadi.
20. Kesib olingan namunalar shu vaqtning o‘zida tegishliligi bo‘yicha gistologik, virusologik yoki bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun topshiriladi.
21. Topshirilgan namunalar tegishli laboratoriya tomonidan 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda laborator tekshiruvdan o‘tkaziladi. Agar topshirilgan namunalar laborator tekshiruvi 7 kundan ko‘p bo‘lgan muddatni talab qilsa, u holda laborator tekshiruvni amalga oshirayotgan mas’ul xodim patologoanatomni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
22. Laboratoriya o‘tkazilgan laborator tekshiruv yakunlangan vaqtdan boshlab 1 kun ichida tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli patologoanatomga yozma ravishda xulosa taqdim etishi lozim.
23. Patologoanatom tomonidan shu vaqtning o‘zida Patologik-anatomik tadqiqoti bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
24. Patologoanatom bayonnomada murdaning har bir organ va to‘qimalarida kuzatilgan morfologik o‘zgarishlar hamda laboratoriya tekshiruvi uchun olingan namunalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni, shuningdek, murdaning kasallik tarixidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatishi shart. Bunda patologoanatom murdaga oid boshqa ma’lumotlarni ham bayonnomaga qo‘shimcha sifatida kiritishi mumkin.
25. Laborator tekshiruv natijalari olingandan keyin patologoanatom tomonidan tahlil qilinadi hamda o‘tkazilgan patologik-anatomik tadqiqoti bo‘yicha yakuniy tashxis Patologik-anatomik tadqiqoti bayonnomasida rasmiylashtiriladi.
26. Bayonnoma patologik-anatomik tadqiqotni o‘tkazgan patologoanatom, mutaxassislar hamda tegishli bo‘lim mudiri tomonidan imzolanadi.

4-bob. Yakuniy qoida


Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milli y bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Yüklə 18,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin