Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

Irodasizlik nima? 
Irodaviy faoliyatning buzilishi har xil bo'ladi. Ayniqsa ular psixik 
kasalliklarda (katotonik sindrom) va bosh miyaning organik shikastlanishida 
(apraksiyalar, harakatlarning tangligi) ifodalanadi. 
Irodaning buzilishlaridan eng ko'p uchraydigani gipobuliya-iroda 
faolligining kamayishidir. Bunday bemorlar kam harakat qiladilar, ularda 
faoliyatga intilish deyarli paydo bo'lmaydi. Ular biror ishni boshlab uni tez 
to'xtatib qo'yadilar, bunga sabab o'z mashg'ulotini davom ettirish istagining 
yo'qligidir. 
Giperbuliya – bemor kishining haddan tashqari faolligi bo'lib u 
kamroq uchraydi. Bunday holat pernisioz anemiyada paydo bo'lishi mumkin. 
Samarasiz giperbuliya maniakal holatda bo'lgan bemorlarda kuzatiladi. 
Ba'zi bir kasallik holatlarida iroda keskin zaiflashib ketadi ya'ni 
abuliya paydo bo'ladi. 
Abuliyada bemor har qanday faoliyatni to'htatib qo'yadi, barcha 
istaklardan mahrum bo'ladi. Kasal indamay turaveradi, gapirmaydi, 
savollarga javob bermaydi. 
 
Irodani tekshirish nima uchun kerak? 
Xarakat aktlari va irodani tekshirishda odamning hatti xarakatlarini
bemorlarda esa ularning kasalxonada, mehnat terapiyasi vaqtida qiladigan 
hatti harakatlarini kuzatib borish katta ahamiyatga ega 
Kuzatuvlar tabiiy va tajriba sharoitlarida o'tkaziladi. Tajriba metodini 
ko‘rib chiqiladigan bo'lsa: 




25 
muskullar elektr potensialining o'zgarishlari qayd qilib boradigan 
elektromiografiya, shuningdek odamning harakat reaksiyasini hisobga 
olishga imkon beradigan har hil reaktometrlardan foydalaniladi. 
Muskullarning ish qobiliyatini barqarorligi va charchash dinamikasini 
o'rganish uchun maxsus asbob-ergografda tekshirish uchuli keng qo'llaniladi. 
Irodaviy ish-harakatlarga miqdor jixatidan baho berish katta 
qiyinchiliklarni tug'diradi. Sabotlilik (iroda kuchik)ga ob'yektiv ta'rif berish 
uchun odam tomonidan bajarilgan vazifa bilan o'sha irodaviy akt vaqtida ro'y 
beradigan vegetetiv reaksiyalarning nechog'lik ifodalanganligi o'rtasidagi 
nisbatni hisobga olish tavsiya etiladi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin