Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
Savollar:
 
1. Mazkur vaziyatda Nasiba bilan uning onasi o'rtasidagi 
munosabatlarga baho bering? 


54 
2.Siz maktub muallifiga qanday javob qaytargan bo'lardingiz? 
 
6-MASALA 
Bine — Shtern nazariyasiga binoan bolalarda kuzatishning rivojlanishi 
bir qancha bosqich yoki darajalardan o'tadi. Bu darajalar muayyan bir 
izchilliqda bir-birining o'rnini almashtirib turadi va doimiy ravishda shunday 
harakatda bo'ladi: 
1.
Turli aralash buyumlarni sanab, nomma-nom aytib bera olish 
bosqichi (3 yoshdan 7 yoshgacha). 
2.
Bayon eta olish bosqichi: bunda buyum (narsa)larga ta'rif beriladi
ular o'rtasidagi ba'zi bir aloqalar ko'rsatib o'tiladi. 
3.
Izoxlash, tushuntirish bosqichi: bunda manzara umuman to'liq idrok 
etiladi, narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqalar hamda munosabatlar 
ochib beriladi. 
Ushbu nazariyani amalda tekshirib ko'rish vaqtida psixolog olimlar (S. 
L. Rubinshteyn, G. T. Ovsepyan) shunday xulosaga keladilarki, yuqorida 
ko'rsatib o'tilgan bosqich va darajalarni bolalarning yoshiga nisbatan olmaslik 
kerak. Narsa va hodisalarni qay darajada idrok etishiga qarab, bir xil 
yoshdagi bir qancha bolalar turli kuzatish bosqichlarida bo'lib qolishlari, 
xuddi shuningdek turli yoshdagi bolalar aynan shu xil bosqichda bo'lib 
qolishlari mumkin. 
 
Savollar:
 
1.
Bine—Shtern 
nazariyasining 
xato 
ekanligi 
nimada 
namoyon bo'ladi. 
2.
S. L. Rubinshteyn va G. T. Ovsepyan xulosalarining (to'g'ri 
ekanligini aniq misollar bilan tasdiqlang. 
 
7-MASALA 
O'quvchilar kichik yoshdagi sinflardan katta yoshdagi sinflarga o'tgani 
sayin ulardagi kuzatuvchanlik o'zgarib boradi. Agar kichik yoshdagi 
o'quvchilarda bu kuzatuvchanlik u yoki bu narsa, hodisaning sirtidagi 
belgilarni ko'rishda namoyon bo'lsa, o'rta va kichik yoshdagi o'quvchilarda 
bunday 
kuzatuvchanlik 
ularning 
voqea-hodisalarning 
mohiyatini 
tushuntirishga, ularning yashirin, lekin g'oyat muhim belgilarini aks ettirishga 
harakat qilishlarida namoyon bo'ladi. 


55 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin