Paxta va zig‘ir tolasining arqoq va tanda iplari. Polotno va sarja to‘­qish. Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini aniqlash


Bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash



Yüklə 11,86 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü11,86 Kb.
#194939
1   2   3   4   5
Bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash
  • Xohlagan buyumlarni tikish uchun bichganda, uning qismlari shakli buzilishiga va og‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun matodagi bo‘ylama ipni aniqlash va yo‘nalishini esda tutish kerak.
  • Matodagi bo‘ylama ipni aniqlashning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz: 1) bo‘ylama ip doim matoning milki bo‘ladi; 2) matoni tortganda bo‘ylama iplar ko‘ndalang iplarga qaraganda kamroq cho‘ziladi; 3) bo‘ylama iplar silliq, ingichka va pishiq, ko‘ndalanglari yo‘g‘onroq, momiqroq va unchalik pishiq bo‘lmaydi.
  • Matoning tomoni o‘ng va ters tomonga ega bo‘ladi. Kiyimlarni tayyorlash uchun ularni farqlashni o‘rganish kerak. Matoning o‘ng tomonini tersidan farq qiladigan asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz:
  • matolarga bosilgan rasmlar matoning o‘ng tomonida yorqinroq ko‘rinadi;
  • matoning o‘ng tomonidagi kamchiliklar, ya’ni tugunlar, ilmoqlar kamroq bo‘ladi, ular atayin matoning ters tomoniga o‘tkaziladi;
  • sarjalik to‘qilgan matolarning o‘ngidagi diagonal bo‘rtma chiziqlar pastki chap burchakdan o‘ng tomondagi ustki burchakka qarab yuradi;
  • satinli gazmollarning o‘ng tomoni yorqinroq, yaltiroq, ters tomoni esa xira, qoramtirroq bo‘ladi.
  • Matodagi bo‘ylama ipning yo‘nalishini aniqlash texnologiyasi
  • Materiallar va jihozlar: to‘rtburchak turidagi matoning ikkita namunasi (milki bor va milki yo‘q turidan), katta igna, lupa, bo‘r va qalam.
  • Ishni bajarish tartibi
  • Milki bo‘lgan matoga bo‘r (qalam) bilan bo‘ylama ipning yo‘nalishini ko‘rsatib turgan mil (strelka)ni chizing.
  • O‘sha matoni oldin uzunasiga, keyin enidan torting. Qaysi holatda mato kamroq cho‘zilishini aniqlab, o‘sha yo‘nalishni tikuvchilik bo‘ri bilan chizing. Bu gazlamaning bo‘ylamasi bo‘ladi.
  • 3. Milki bo‘lmagan gazlamani oldin bo‘yidan, keyin enidan torting. Gazlama qaysi yo‘nalishda kamroq tortilganini aniqlab, o‘sha yo‘nalishni tikuvchilik bo‘ri bilan chizing.
  • 4. Milki bo‘lmagan gazlamani igna yordamida oldin chiziq bo‘ylab birinchi ipni, so‘ngra ushbu chiziq to‘g‘risidan ketgan ikkinchi ipni tortib chiqaring. Bu iplarni lupa orqali ko‘ring. Berilgan jadvalni ishchi daftaringizga chizib, to‘ldiring.
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin