Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O`zlashtirish uchun savollar. 
1.
G'aramlarda saqlanayotgan chigitli paxtaning namligi necha foiz bo'lishi kerak? 
2.
Chigitli paxtada namlik necha foiz bo'lganda sifatli xom-ashyo olinadi? 
3.
Me'yoridan ortiqcha namlik chigitli paxtaning qaysi sifat ko'rsatkichlariga salbiy 
ta'sir ko'rsatadi? 
4.
Ingichka va o'rta tolali paxa navlarining namligi standart talabi bo'yicha necha 
foizdan oshmasligi kerak? 
4-mavzu. Chigitli paxtaning iflosligini aniqlash (2-soat) 
 
 
Darsning maqsadi: 
talabalarga
 
chigitli paxtada uchraydigan organik va 
mineral islosliklarni aniqlashni boshlang’ich massasiga nisbatan foiz hisobida 
aniqlashni o'rgatish va ko'nikma xosil qilish.
 
 
1. Mashg'ulotni uyushtirish.
 
 
2. Mashg'ulot o’tkazish joyi
 
Mashg’ulot o’quv xonasida va maxsus qo’shimcha xonada o’tkaziladi. 
3. Qo’lda va mashinada terilgan paxta manba bo’lib xizmat qiladi. 
4. Mashg’ulot uchun kerakli narsalar va ko’rgazmali qurollar, namlik va 
ifloslik me’yorlar ko’rsatilgan jadval, texnik tarozi, ogirlik toshlari, EHM, plastmassa 
idishlar 30 kishiga -15 ta katta, 15 ta kichik, 15 ta pinsent, LKM-2 qurulmasi, SXL-3 
labarotoriya qurutgichi, namuna tashish bankalari. 
5. Talabalarning mustaqil ish o’tkazish chegarasi. Talabalar mashg’ulot
mazmuni bilan tanishib, o’zlari paxtani iflosligini aniqlaydilar. 
6. Talabalar to’liq hisobot tuzadilar va JB nazorat topshiradilar. 
7. Tavsiya etilgan adabiyotlar. O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti
O’zRST 615-94 «Paxta». Texnik sharoitlar O’zRST-592-92.
Paxta xom ashyosiga turli xil mineral va organik jismlarning qo’shilishi uning 
iflosligini belgilaydi va ularning miqdori uning boshlang’ich massasiga nisbatan foiz 
hisobida aniqlanadi. Mineral iflosliklarga tuproq, toshchalar, qum va toshchalar 
kiradi. Organik iflosliklarga barg bo’lakchalari, guli, chanoqlari, poyasi, shoxlari va 
sanoat ahmiyatiga ega bo’lmagan tolalar kiradi. 
Mashinada terilgan paxta, qo’lda terilgan paxta uchun O’zRST 615-94 larda 
ifloslikning hisoblash va chegaralangan (ruxsat etilgan me’yorlari) ko’rsatilgan

Laboratoriyada ifloslikni aniqlash uchun namunani tanlashda umumlashtirilgan
namuna oynalik yoki usti yaltiroq qatlamli ish stolida yaxshilab aralashtirilib, chang 


12 
yoki mayda iflosliklarning yo’qolmasligiga e’tibor berish kerak. Namuna bir xil 
qalinlikda to’g’ri to’rt burchak shaklida yoyilib, dioganaliga teng to’rt qismga 
bo’lamiz. Ikki qarama-qarshi tomon va ulardan tushib qolgan iflosliklarini ham 
qo’shib tashlab yuboramiz. Qolgan namunani yana stolga teng qalinlikda yoyib 
qo’yib yuqoridagi takrorlanadi. Qachonki bunday bo’linish umumlashtirilgan 
namunani miqdori 1 kg miqdori qolguncha davom etadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin