Paxtakor pedagogika kolleji mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi



Yüklə 75,62 Kb.
səhifə9/12
tarix16.10.2023
ölçüsü75,62 Kb.
#156116
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jezdamga

VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh
8.1. Jamoa shartnomasiga ilova sifatida har yili tuziladigan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimga binoan ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ahvolini yaxshilash yuzasidan tadbirlar bajarilishi ta’minlandi, bu ishlarga 3,5 mil. so‘m sarflandi.
8.2. Mehnat muhofasi tadbirlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan «Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan Mehnatni muhofaza qilish fondi barpo etildi;
8.3. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 3 nafar vakil saylab qo‘yildi.
8.4. Ish beruvchi:
- xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda sug‘urta qilishni ta’minladi;
- xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 14 avgustda 272-raqam bilan ro‘yxatga olingan) talablariga binoan xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etdi.
8.5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga binoan dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilinadigan kasblar, lavozimlar va xodimlar toifalari ro‘yxatiga binoan pedagog xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYoZ VA KAFOLATLAR
9.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «2014 yil – «Soglom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bajarildi.
9.2. Ish beruvchi tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‘liq to‘lab borildi.
9.3. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga o‘tgan oy uchun pensiyani oyning
2-yarmi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda to‘lab bordi.
9.4. 2 nafar xodimning ota-onasi vafot etganda 400.0 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Yüklə 75,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin