5-ilova Nazorat uchun savollar: Ma’lumotnoma nashrlar qanday asarlarni o’z ichiga oladi?
Bibliografik sharhlar deganda nimani tushunasiz?
Ma’lumotlar banki nima ?
Ma’lumotlar bazasi nima vazifani bajaradi?
Bibliografik xizmat ko’rsatish turlari qaysilar?
6-ilova O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari
12-mavzu: Ma'lumotnoma nashrlar Reja: Ma'lumotnoma nashrlari haqida umumiy tushuncha
Ma'lumotnoma nashrlarni yaratilish tarixi
Ma’lumotnoma nashrlar — zarur axborotni topish uchun qulay bo‘lgan tartibda joylashtirilgan ilmiy va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada nashrlar, qomusnomalar, qomusiy lug‘atlar, lug‘atlar, spravochniklar, taqvim (kalendar)lar, yo‘l ko‘rsatkichlar va boshqa nashrlarni ko‘rsatish mumkin. Qomusnomalar (ensiklopediyalar) bir yoki bir necha jildlik bo‘lib, bir yoki bir necha bilim sohasiga oid universal xarakterdagi nazariy va amaliy bilimlarning umumlashgan ko‘rinishidagi qisqa maqolalardan tashkil topadi. Antik davrda u erkin san’at ma’nosida, grammatika, ritorika, dialektika, mantiq, geometriya, arifmetika, musiqa va astronomiya fanlarini anglatgan.
XVI asrda G‘arbiy Yevropada turli bilimlar to‘plami ma’nosida ishlatilgan va bilimlar tasnifi ma’nosini ham anglatgan. Hozir bu so‘z fanning barcha sohalariga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nashrni anglatadi. Qadimgi Misrda qomusiy lug‘atlar miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning ikkinchi choragidan tuzila boshlangan. Yunonistonda Aristotel, Demokrit asarlari ensiklopedik xarakterda bo‘lgan. O‘rta Osiyoda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlari ham ensiklopedik mazmunga ega edi. Forobiyning „Fanlar tasnifi“, Beruniyning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“, Ibn Sinoning „Donishnomasi“, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilik“, Mahmud Koshg‘ariyning „Devonu lug‘atit turk“, Navoiyning „Majolis un-nafois“, Boburning „Boburnoma“si ham ensiklopedik xarakterdagi asarlardir. XVII asr oxiri XVIII asr boshlaridagi V. Beylning tarixiy va tanqidiy lug‘ati katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1704- yili J. Jaris „Texnik leksikon yoki umumiy ingliz san’ati va fan lug‘ati“ning birinchi nashrini chop ettiradi. 1751 — 1780- yillarda Fransiya tarixida katta ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida e’tirof etilgan 35 jilddan iborat „ Fan, san’at, kasb va hunarlarning izohli lug‘ati“ nomli ensiklopediya nashr etiladi. Uni nashrga tayyorlashda D. Didro, nashr etishda Sh. L. Monteske, Valter, J. J. Russo, J. D. Alamberlar ishtirok etishdi. Uning asosiy nashri 17 jilddan iborat matn va 11 jilddan iborat gravner materiallaridan tashkil topgan. 1776 — 1777-yillarda 5 ta jildi Didro va Alambersiz nashrdan chiqqan. Nashr feodalizm, absolutizm va klarikalizmga qarshi g‘oyaviy kurashda muhim rol o‘ynagan. Unda texnika masalalariga, ilmiy ixtiro va kashfiyotlarning sanoatda qo‘llanilishiga, ta’lim va tarbiyaga e’tibor berilgan. Dastlab nashr 30 ming nusxada nashr etilgan va tarqatilgan. U bir qancha xorijiy tillarga ham tarjima qilinib, nashr etiladi va kelgusida ko‘plab universal va soha ensiklopediyalarining yaratilishiga zamin hozirladi. 1768 — 1771- yillarda shotland matbaachisi U. Smelli 3 jildlik Britaniya ensiklopediyasini nashrdan chiqardi. Bir necha marta qayta-qayta nashr etilgan bu asar Angliyaning eng yirik milliy ensiklopediyasi bo‘lib qoldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniyada ham universal ensiklopediyalar chiqarildi. XX asr boshlarida Rossiyada turli fan sohalariga oid ensiklopediyalar nashr etiladi. 1950- yillarga kelib sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham bu ish boshlandi. 1965-yil O‘zbekiston hukumati O‘zFAning „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ni chiqarish tashabbusini ma’qullab, 28-aprelda qaror qabul qildi va Bosh tahrir hay’ati tasdiqlandi. 1968- yil yanvarda hukumat fan sohalariga oid ensiklopediyalar chiqarish vazifasini yukladi. 1968- yil 15-fevralda Respublika FA Bosh tahririyati ta’sis etilib, unga ilmiytadqiqot instituti maqomi berildi. Bosh tahririyat zimmasiga 14 jildlik ensiklopediyani tayyorlash va nashr etish uchun 14 ta akademik, 13 ta FAning muxbir a’zosi, 88 ta fan doktori va professor, 539 ta fan nomzodi va boshqalar jalb etildi. Bu nashrga 40 mingdan oshiq atama va maqolalar, 10 ming surat va 800 ta xarita ilova qilindi.