BUYRUQ № _____
« 30 » aprel 2018 yil To`qqizbog qishlog`i
Maktabda "Ingliz tili ” fan oyligini o’tkazish to’g’risida.
Buyuraman:
1. Xalq ta'limi Vazirligining 2007 yil 18-yanvardagi "Umumta'lim muassasalarida “Fan oyliklari”ni o'tkazish to'g'risida"gi 16- sonli buyrug'i, XTB ning 2018- yil __ -maydagi _____ - sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2018-yil may oyi maktabda "Ingliz tili” fan oyligi etib belgilansin.
3. “ Ingliz tili ” fani oyligini o'tkazish maqsadida ishchi guruhi (1-ilovaga asosan) tuzilsin va ishchi guruhga quyidagi vazifalar topshirilsin:
- Maktabda “ ingliz tili ” fan oyligi chora tadbirlarini (2-ilovaga asosan) tuzish.
- “Ingliz tili ” fan oyligida ingliz tili fanidan kirish va chiqish testlarini olish.
- Ingliz tili fanidan ochiq darslar, tadbirlar, bellashuv va ko’rik tanlovlar tashkil etish.
- “Ingliz tili ” fan oyligi munosabati bilan maktabda “Ingliz tili” burchagini tashkil etish.
- “Ingliz tili” fan oyligi davomida maktabda ingliz tilini targ’ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni mazmunli o’tkazish va uning ommaviyligini ta’minlash
- “Ingliz tili’ fan oyligi munosabati bilan maktabda “Eng yaxshi dars ishlanma” va “Eng yaxshi harakatli ko’rgazma” tanlovini o’tkazish.
- “Ingliz tili” fan oyligida o’tkazilgan ko’rik tanlov va musobaqa g’oliblarini munosib taqdirlash va rag’batlantirish.
- “Ingliz tili” fan oyligi yakunlanishi munosabati bilan natijalarni maktab metodika kengashida muhokama qilish.
- Fan oyligi oxirida hisobotlar to'plamini tayyorlash.
Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish O'IBDO' I.Qashqarov zimmasiga yuklatilsin
Maktab direktori A.Qo’chqarov
“Tasdiqlayman”___________
Dostları ilə paylaş: |