Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini muhofaza qilish



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə30/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

36-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini muhofaza qilish

Vasiylar yoki homiylar o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini uni saqlashni amalga oshirgan shaxslardan vasiylik yoki homiylik belgilangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib olishi shart.

Zarurat bo‘lgan taqdirda, muomala layoqati cheklangan fuqarolarning va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarning homiylari o‘z homiyligidagi shaxslarning mol-mulkini ularning iltimosi bo‘yicha ro‘yxatga ko‘ra qabul qilib olishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro‘yxati vasiylik va homiylik organi tomonidan vasiy yoki homiy, tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs ishtirokida tuziladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro‘yxatini tuzishda boshqa manfaatdor shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro‘yxati uch nusxada tuziladi va mol-mulk ro‘yxatini tuzishda hozir bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxatning bir nusxasi vasiyga yoki homiyga topshiriladi, ikkinchi nusxasi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vasiylik va homiylik organi tomonidan yuritiladigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi, uchinchi nusxasi esa, davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga yuboriladi.

Zarurat bo‘lganda, agar buni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlari talab etsa, vasiy yoki homiy o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini o‘zganing qonunga xilof egaligidan talab qilib olish haqida sudga ariza berishi yoxud o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mulkiy huquqlarini himoya qilish yuzasidan boshqa choralar ko‘rishi shart.

Vasiylar va homiylar o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning o‘ziga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug‘dirmasligi kerak. Vasiy va homiy tomonidan mazkur majburiyatlarning bajarilishi o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.

Vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslar nomidan tuzgan bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 38-moddasi.

37-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni vasiy yoki homiy amalga oshirganida vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlari

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan:

vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlar tuzishga;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 110-moddasi.

mol-mulkni taqsimlashga;

Oldingi tahrirga qarang.

vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga garovga berishga;



(37-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

vasiylikdagi shaxsning turar joyini ayirboshlashga;

vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga haqli.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 88-bandi.

Agar vasiyning yoki homiyning harakatlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga qarashli mol-mulkning qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, barcha hollarda, xususan:

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’vodan voz kechilganda;

sud muhokamasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan kelishuv bitimini tuzishda;

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs da’vogar bo‘lgan ijro ishini yuritish bo‘yicha qarzdor bilan kelishuv bitimini tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati talab etiladi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.

Vasiylik va homiylik organi rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda ruxsat berishni rad etishi mumkin.

Vasiylik va homiylik organining ruxsati yoki ruxsat berishni rad etishi bunday ruxsatni berish to‘g‘risida ariza topshirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmasdan vasiyga yoki homiyga taqdim etilishi kerak.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin