PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 4 – SON / 2022 - YIL / 15 - DEKABR
www.bestpublication.org
259
qarorlari xuddi Fransiyaning CADA komissiyasining xulosalari kabi majburiy
xarakterga ega emas. Lekin ushbu kengash tarkibi mutlaqo professionallardan –
advokatlar, akademiklar, sobiq sudyalar va boshqa mutaxassislardan iborat tarzda
shakllantiriladi. Ular Bosh vazir tomonidan tayinlanadi va parlament tomonidan
tasdiqlanadi.
Yuqorida sanab o„tilgan tashkilotlar ham kamchilik va nuqsonlardan xoli emas.
Masalan, Angliyada OpenDempcracy internet platformasining 2021-yil hisobotlariga
ko„ra, UaytHall (“WhiteHall” – Angliya hukumati va boshqa ko„plab davlat organlari
tushuniladi) 20 yildan buyon axborot so„rovlariga javob bermay kelmoqda. The
Guardian internet nashrining ma‟lumotlariga ko„ra esa, Axborot komissari idorasining
budjeti so„nggi o„n yil ichida 41 foizga kamaygani holda, ish yuklanmasi 46 foizga
oshgan
24
. Aynan shuning natijasi o„laroq Axborot kommisarining jamiyat hayotida o„rni
sezilmay qolmoqda. Bundan tashqari, bunga yana bir sabab huquqdagi bo„shliqlar deya
izoh beradi Elizabet Denham. Uning tashkiloti qonunlarning buzilishini tergov qilish
uchun mas'ul hisoblangan. Uning fikricha, xususiy firmalar qonundagi bo„shliqdan
foydalanib, ma'lumot berishdan bosh tortgan holda jamoatchilik va ommaviy axborot
vositalarini zulmatda qoldirishmoqda
25
. Ya‟ni hozirda Angliyada davlat xizmatining
30% ini shartnoma asosida xususiy firmalar ko„rsatmoqda. Axborot olish huquqini
mustahkamlagan qonun qabul qillinganda shartnoma asosida davlat xizmatini
ko„rsatish tartibi mavjud emas edi, shuning uchun ham bunday xususiy sektorning
axborot so„roviga javob berishi shartligi qonunda belgilanmagan. Bunga qo„shimch
tarzda, Angliyada COVID-19 pandemiyasi davrida hukumat tashkilotlari va vazirliklar
WhatsApp ijtimoiy tarmog„i orqali masofaviy ishlashga o„tgan. Bu tarmoqda hukumat
a‟zolari endilikda avtomatik ravishda yo„qolib qoladigan xabarlardan foydalanishga
o„tmoqda. Bunga qarshi advokatlar sud tekshiruvini o„tkazishni talab qilmoqda. Chunki
Angliyada hukumat a‟zolari o„rtasidagi har qanday yozishmalar arxivlanishi lozimligi
belgilangan. Yangi funksiya esa hozircha hukumatga o„z kirdikorlarini berkitish
imkonini bermoqda. Fransiyada ham axborot olish huquqini ta‟minlashda muammolar
bor. Bu muammo aynan yuqorida aytgan tashkilotimiz CADA bilan bog„liq. Shu
tashkilot vujudga kelganidan so„ng axborot olish huquqini ta‟minlash mexanizmi
birmuncha qiyinlashdi. Fuqarolar ma‟muriy organdan kerakli axborotni ololmasa,
ma‟muriy sudlarga murojaat qilishi mumkin, faqat buning uchun ular, avval, CADA ga
murojaat qilib, uning qarorini olishlari kerak. Aksincha bo„lsa, ma‟muriy sudlar bunday
ishlarni qabul qilmaydi. Yana bir muammo – Fransiya qonunlarida istisnolarning
ko„pligi. Fransuz jurnalisti va FOI targ„ibotchisi Pol Moreyraning aytishicha, "
qonun juda ko‘p istisnolarga egaki, u mutlaqo samarasiz. Bu esa deyarli hamma narsani "maxfiy himoyalangan” deb tasniflash imkonini beradi va hujjatda shaxs haqida gap ketganda, unga 24
UK
editors
call
on
ministers
to
protect
freedom
of
information
//
Article.
URL:
https://www.theguardian.com/politics/2021/feb/08/uk-editors-call-on-ministers-to-protect-freedom-of-information
25
Buyuk Britaniya hukumati uchun ishlaydigan xususiy firmalar "FOI qoidalariga bo‘ysunishi kerak" // Maqola. URL:
https://www.theguardian.com/politics/2021/nov/25/private-firms-working-for-uk-government-should-be-subject-to-foi-rules