REJA: 1. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasining mohiyati. 2. O’qituvchi muomala sub’ekti sifatida. 3. O’qituvchi faoliyatida muomalaning ahamiyati.
REJA: 1. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasining mohiyati. 2. O’qituvchi muomala sub’ekti sifatida. 3. O’qituvchi faoliyatida muomalaning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil o’qib o’rganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “Yil tarbiyachisi”; “Axloqi Muhsiniy”; “ijodkor tarbiyachi”, “novator o’qituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; “Yashil daftar hikmati”; o’qituvchi va tarbiyachi.
Kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek, ish, xizmat, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Muomala - bu axborot jarayonidir, u boshqarish sub’ektidan boshqarish ob’ektiga boradi va aksincha, ob’ektdan sub’ektga boradi.
Muomala mohiyati jihatidan ikki turga bo’lamiz: 1. Rollararo muomala; 2. Shaxslararo muomala. Rollararo muomala - bu tashkiliy faoliyatning har-xil turlari jarayonida amalga oshiriladi. Faoliyat qatnashchilari uning maqsadi, bir-biriga munosabati, xarakatiga qarab ular o’rtasida sheriklik va o’rtoqlik muomalasi vujudga keladi.
Shaxslararo muomala - - bu tashkiliy faoliyatdan tashqari amalga oshirilib, muomala qiluvchilarning hissiy ko’ngil bog’lashuviga qarab tanishuv, oshna-og’aynigarchilik, do’stlikni farqlash mumkin. Muomalaning to’rt darajasi: 1. Faktik 2. Axborot 3. Munozaraviy 4. Oshkoralik.
Buning uchun gurux raxbarining rejasi: Birinchidan, o’z mazmuniga ko’ra g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy foydali yo’nalishga qaratilgan bo’lishi, ya’ni jamiyatning va boshqalarning foydasiga qaratilgan ishlarga aloxida e’tibor berish;
Ikkinchidan, tarbiyaning yo’nalishini, talabalarga ta’sir etish vositalarini maqsadga muvofiq tanlash, ya’ni reja mo’ljallanayotgan ishlar nimaga va kimga qaratilganligini aniqlash; Uchinchidan, rejadagi ishlar aniq - umumiy maqsadga bo’ysuntirilgan, bajaruvchilari, vaqti, ish shakli ko’rsatilgan bo’lishi;
To’rtinchidan, rejadagi ishlar talabalar kuchiga va yoshiga mos kelishi; Beshinchidan, talabalar qiziqishiga asoslanishi va extiyojlaridan kelib chiqishi; Oltinchidan, mo’ljaldagi ishlarni bajarishda butun jamoaning va yakka shaxslarning ishtirokini xisobga olish;