Pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 68 Kb.
səhifə4/7
tarix21.05.2022
ölçüsü68 Kb.
#58939
1   2   3   4   5   6   7
mus taqil

> solve(a*x+b=c,x);
Agar tenglama bir nechta yechimga ega bo’lsa va undan keyingi hisoblashlarda foydalanish kerak bo’lsa, u holda solve buyrug’iga biror-bir nom name beriladi.. Tenglamaning qaysi yechimiga murojoat qilish kerak bo’lsa, uning nomi va kvadrat qavs ichida esa yechim nomeri yoziladi: name[k]. Masalan:
> x:=solve(x^2-a=0,x);
> x[1];
> x[2];

Tenglamalar sistemasini yechish. Tenglamalar sistemasi ham xuddi shunday solve({t1,t2,…},{x1,x2,…}) buyrug’i yordami bilan yechiladi, faqat endi buyruq parametri sifatida birinchi figurali qavsda bir- biri bilan vergul bilan ajratilgan tenglamalar, ikkinchi figurali qavsda esa noma’lum o’zgaruvchilar ketma-ketligi yoziladi. Agar bizga keyingi hisoblashlarda tenglamalar sistemasining yechimidan foydalanish yoki ular ustida ba’zi arifmetik amallarni bajarish zarur bo’lsa, u holda solve buyrug’iga biror bir name nomini berish kerak bo’ladi. Keyin esa ta’minlash buyrug’i assign( name) bajariladi. Shundan keyin yechimlar ustida arifmetik amallarni bajarish mumkin. Masalan:
> s:=solve({a*x-y=1,5*x+a*y=1},{x,y});

> assign(s); simplify(x-y);

Trigonometrik tenglamalarni yechish.
Trigonometrik tenlamani yechish uchun qo’llanilgan solve buyrug’i faqat bosh yechimlarni, ya’ni [0, 2] intervaldagi yechimlarni beradi. Barcha yechimlarni olish uchun oldindan EnvAllSolutions:=true qo’shimcha buyruqlarni kiritish kerak bo’ladi . Masalan:


> _EnvAllSolutions:=true:

> solve(sin(x)=cos(x),x);

Maple muhitida _Z~ belgi butun turdagi o’zgarmasni anglatadi, shuning uchun ushbu tenglama yechimining odatdagi ko’rinishi x:=π/4+πn
bo’ladi, bu yerda n – butun son. 


Oddiy tengsizliklarni yechish
Su bilan birga solve buyrug’i oddiy tengsizliklarni hisoblashda ham ishlatiladi. Tengsizlik yechimi izlanayotgan o’zgaruvchining o’zgarish intervali ko’rinishida beriladi. Bunday holda, agar tengsizlik yechimi yarim o’qdan iborat bo’lsa, u holda chiqarish joyida RealRange(–∞ , Open(a)) ko’rinish-dagi konstruksiya paydo bo’ladi, ya’ni (–∞ , a), a – biror son. Open so’zi interval ochiq chegarali degan ma’noni bildiradi. Agar bu so’z bo’lmasa , u holda mos chegaralar ham yechimlar to’plamiga kiradi. Masalan:



Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin