Pedagogik diagnostika- pedagog shaxsining va bilan muloqtga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini o’rganish, tahlil qilish , samaradorligini oshirish jarayonidir.
Pedagogik diagnostika- yordamida jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta’lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi.
Bundan tashqari ta’lim- tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ularning o’zgarish dinamikasi ham kuzatiladi va mavzud kamchiliklar bartaraf etiladi.
Pedagogik diagnostika ob’ekti -bu ta’lim-tarbiya jarayoniga yuzaga kelgan o’zgarishlarni aniqlash jarayoni.
Pedagogik diagnostika ob’ekti -bu ta’lim-tarbiya jarayoniga yuzaga kelgan o’zgarishlarni aniqlash jarayoni.
Pedagogik diagnostika predmeti- bu ta’lim-tarbiya amaliyotida pedagogik shart sharoitlar, vosita va qonuniyatlarni aniqlash, baholash , pedagogik jarayon ishtirokchilarining layoqatlari, qobiliyatlari, shaxsiy- xapaktepologik xususiyatlarini tadqiq etishdab iborat.
“Pedagogik diagnostika” atamasi ilk bor 1986-yilda nemis Karlxayns Ingenkamp tomonidan fanga kiritilgan.
taniqli pedagogik olim Matserman pedagogik diagnostikani o’quvchi o’zlashtirishi bilan, o’quv materiallarini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish mezonidir deb hisoblaydi. Shu boisdan ham , pedagogik diagnostika birinvhidan o’quvchiga induidal talim berishni jadallashtiradi. Ikkinchidan davlat va jamiyat ta’limg aqo’ygan talablardan kelib chiqib o’quv bilimini to’g’ri adolatli baholashni ta’nimlaydi. Uchinchidan ig’ch-m ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvchidan sinfdan – sinfga o’tishida, mutaxasislikka qabul qilishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi.
Pedagogik kvalimetriya tamoyillari
Kvalimetriya-tabiatdagi barcha obyektlarni va jamiyatda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar , ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari va metodologiyasini o’rganuvchi ilmiy fan.
kvalimetriyaning sifat ko’rsatkichlari ikki yirik guruhga : tabiiy va ijtimoiy ko’rsatkichlarga ajratiladi.