1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari. 2. Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar. 3. O‘quv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari. 4. Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari.
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligidir
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbai hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. YOrdamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.