Tadqiqotli shakllar. Tadqiqotlar taklif qilingan voqealarni o‘rganishga emas, balki o‘z voqealarini ishlab chiqarishga asoslanadi. Foydalanuvchiga bir nechta harakatlar taklif etilmaydi, uning o‘zaro ta’sir jarayonida taqdim etilgan yoki yaratilgan ob’ektlar va jarayonlar bilan o‘zaro aloqasi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. O‘quv maqsadlari mazmunga kiritilmagan, ya’ni istalgan natijaga olib keladigan metodik ketma-ketlik taklif etilmaydi.
Pedagogik dizayn – bu ...
Pedagogik dizayn – bu onlayn ta’limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.
Merrillning vazifalarga yo‘naltirish tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Vazifalarga yo‘naltirish. O‘quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.
Merrillning Tinglovchilar bilimiga murojaat tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Tinglovchilar bilimiga murojaat. Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.
Merrillning o‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
O‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi. Onlayn kurs tinglovchilari e’tiborini jalb qilishi va ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma’ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.
Merrillning Qo‘llash tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
Qo‘llash. Tinglovchilar mashg‘ulot jarayonida yangi bilimlarni mustaqil ravishda qo‘llashlari kerak.