Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti “Energiya mashinasozligi va kasb talimi” kafedrasi mudiri
J.Turdiyev
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Mashinasozlik” fakulteti “Energiya mashinasozligi va kasb talimi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
Ajratilgan soat
40
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
19
Dasturning maqsadi
Bo‘lajak mutaxassislarga mehnat faoliyatlarida yuzaga keladigan havflarning kelib chiqish sabablarini, hususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, havfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Ishlab chiqarish va mehnat faoliyatlarida yuzaga keladigan havflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish.