Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani


kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va



Yüklə 78,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü78,57 Kb.
#165635
1   2   3   4   5   6
o-quvchilarda-kompetensiyalarni-shakllantirish-dolzarb-ijtimoiy-pedagogik-muammo-sifatida

kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va 
fuqarolik 
kabilarni kiritish mumkin. O‘quvchilarda kompetensiyalardan foydalanish tajribasini 
hosil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o‘qituvchilar tomonidan 
tanlanadigan ikkilamchi loyihalar tarkibiga kompetensiyalarni hosil qilishga xizmat qiladigan 
o‘quv materiallari, ta’limiy topshiriqlarni kiritish, raqamli didaktik vositalarni ishlab chiqishga 
xuddi shu nuqtai nazardan yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga 
yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida 


 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
378
o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch 
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid 
kompetensiyalar belgilab berildi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy
 
kompetensiyalarni shakllantirishda 
umumiy va xususiy yondashuvlarni aniq hisobga olish va mavjud metodologik yondashuvlarga 
tayangan holda mazkur hodisaning nazariy-didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fani 
oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. 
So‘nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo‘llanilmoqda. 
Ta’lim amaliyotida tez-tez qo‘llanilayotgan ushbu atama ta’lim mazmunida ustuvor o‘rin 
egallamoqda. Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha sifatida zamonaviy pedagogikaning 
ilmiy tushunchalari tarkibiga singish bosqichlarini o‘tamoqda. Mazkur tushunchaning o‘ziga xos 
jihati uning pedagogika fanida eskirib qolgan tushunchalar bilan o‘zaro qiyoslashni taqozo 
qilishidadir. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va 
u bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan tushunchalarni izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya, 
kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz 
tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, kompetensiya hamda bilim, ko‘nikma, 
malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik. 
Kompetentli yondashuv yagona ta’lim jarayonini ta’minlashning konseptual asosi sifatida 
taqdim etiladi. Shuning uchun ham u bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilashni taqozo 
qilmoqda. O‘tgan asrning 90 yillaridayoq, kompetentlilik tushunchasi, bir tomondan yangi 
kashfiyotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtirish imkonini berib, insonning bilish faoliyati va 
amaliy harakatlariga taalluqlidir. Ikkinchi tomondan esa, har bir sinfda pedagogik vaziyat bilan 
bog‘liq holda ta’limiy talablarni aniqlashga ko‘maklashadi, deb yozgan edi Н.С.Розов [6]. 
Kompetentlik tushunchasi so‘nggi yillarda asosan kasbiy ta’lim sohasidagi tadqiqotlarda 
keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, S.T.Turg‘unov, M.B.Ma’murov, 
O‘.Q.Tolipov, Sh.Q.Mardonov, G.T.Boymurodova, G.N.Ibragimovalarning ishlarida bo‘lajak 
o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasiga 
kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etishning ayrim masalalari tadqiq etilgan. 
Kompetensiyaviy yondashuv doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bilan bog‘liq holda tadqiq etilmoqda. Bu 
sohada R.G.Safarova, M.M.Vahobov, Yu.M.Asadov, M.Pardaevalarning tadqiqotlarini alohida 
ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish haqida fikr 
yuritganda И.А.Зимняя uchta sababni ko‘rsatib o‘tgan: integratsiyaning umumevropa va jahon 
miqyosidagi ko‘lami, ta’lim paradigmasining o‘zgarishi, ta’lim sohasidagi yo‘riqnomalar, 
ko‘rsatmalar, dasturlar va farmoyishlar[5]. 
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil 
etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish 
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorlari muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, kompetentli yondashuv insonning ijtimoiy hayotga har tomonlama tayyorligi 
va tarbiyalanganligi bilan bir qatorda shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashda insonparvarlik 



Yüklə 78,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin