76
XULOSA
AQSh, Yevropa mamlakatlari va
Rossiyada pedagogik kasbiy
kompetensiya muammolari bo‘yicha chorak asrdan buyon ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilayotganligi, ammo bu masalalarda aniq bir to‘xtamga
kelinmaganligi ko‘zga tashlandi.
Agar biz AQSh oliy pedagogik ta’limi tizimi faoliyatiga nazar
tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, T.N.Kurilova, Z.A.Molkova va
boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSh pedagogik ta’limining
maqsadlari haqida bilmoqchi bo‘lsak, N.D.Nikandorova, V.Ya.Pili
povskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik ta’limi bo‘yicha
G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko va boshqalarning ishlarini,
AQSh o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi haqida esa V.B.Gargay,
N.I.Kustinova va boshqalarning
ishlariga nazar tashlasak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning ilmiy
ishlaridan Rossiya va AQSh ta’lim tizimi bir-birini to‘ldirib boyitganligini
tasavvur qilishimiz mumkin. AQSh, Kanada, Avstraliya va bir qator
77
Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi
yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu muammoni ma’lum bir tizimga
solib keng o‘rganmoqdalar.
A.V.Xutorskiy “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari ni
quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya –
insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba,
faoliyat
usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan
shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir.
Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini
bildiruvchi, talabga javob beradi gan kompetensiyalar yig‘indisiga ega
bo‘lishi demakdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning
jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’lim-
tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anlab olish
zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir.
Asosiy
kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki
an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda
kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali
yechilmagan masalalar talaygina.
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va
garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy
masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni o‘qitishni tarbiya bilan
uyg‘unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim
jarayonini tubdan
yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni
tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi
ko‘zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali
pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga,
aytish
joiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga
amaliy
tayyorgarliklar
uzviyligi
ko‘zga
tashlanadi.
Bo‘lg‘usi
o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va
metodlarda bo‘lmasin, quyidagi didiktik prinsiplarga asoslanadi.
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi prinsipi.
78
2. Kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib
borish prinsipi.
3. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan funksional bog‘liqlik prinsipi.
4. Talabalar amaliyotining ko‘rgazmaliligi prinsipi.
5. O‘z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat
yurgazishga intilish va mas’uliyat hissining shakllanishi.
6. Talaba amaliy o‘quvining takomillashib borishi prinsipi.
Bu prinsiplarning barchasi kelajakda o‘qituvchi
kasbiy kompe
tensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy funksional, pedagogik-psixo logik
takomillashuvi aspektlaridan hisoblanadi.
Uslubiy qo‘llanmada o‘zimiz aniqlagan va tahlil qilgan kasbiy
kompetensiyaning boshqa pedagogik sifatlar bilan solishtirish orqali
o‘qituvchi pedagogik faoliyati zinapoyasidagi o‘rnini
aniqlashga xarakat
qildik. Biz uni “Uztoz pedagog” modeli diagrammasida, ”Kasbiy
kompetensiya
takomillashuvi
aspektlari”
deb
nomlangan
professiogrammalarda sanab o‘tdik. Asosan shu ikki ko‘rgazmali manbaa
bizning ilmiy tahlillarimizni aniqlashtirish imkonini beradi.
Uslubiy
qo‘llanmada
kasbiy
kompetensiya
egasi
bo‘lgan
o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, kompetentlik mezonlari va o‘lchovlarini
ishlab chiqish, pedagog kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish kurslarida samaradorlikni oshirish, “O‘qituvchi kasbiy
kompetensiyasi asoslari” o‘quv darsligini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq ekanligi hamda ushbu muammolarni hal qilishda,
pedagogik
kasbiy kompetensiya asoslarini yaratishda xorij pedagogikasidan ko‘chirib
olishning xato ekanligi, mezonlarga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
nuqtai nazaridan yondoshish, milliy an’analar, manaviyat va milliy, davlat
manfaatlaridan kelib chiqib yondoshish kabi hulosaviy takliflarimizni ham
kiritdik.
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini takomillash tirish
orqali pedagogik mahorat, prfessionalizm sifatlariga erishish ta’lim va
tarbiya ishlarini zamon talabiga ko‘tarishga xizmat qilajagini ta’kidlab
o‘tdik.
Dostları ilə paylaş: