III BOB. Pedagogik kompetetlikni takomillashtirishning nazariy va
amaliy aspektlari
3.1. O‘qituvchining nazariy tayyorgarligi
Mamlakatimizda va boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda
“Pedagogika”, “Pedagogik-psixologiya”, “Pedagogik mahorat asoslari” va
nihoyat “Pedagogik kompetensiya” kabi o‘quv kurslari mavjud bo‘lib, ular
bir-birini ko‘p hollarda takrorlaydilar. Ularning barchasi tomonidan ilgari
surilayotgan nazariyalar pedagogik kompetensiya kursida to‘laligicha
berilgan.
49
O‘qituvchilik kasbini o‘rgatish mumkin emas, ammo uni o‘rganish
mumkin. Pedagogik mahoratni shakllantirish o‘qituvchilarni tayyorlashda
markaziy o‘rin egalaydi. Shuning uchun pedagogik- psixologiya
predmetlari oliy maktabda o‘qituvchilarni tayyorlashning diqqat markazida
bo‘ladi.
“Pedagogik mahorat asoslari” kursini o‘rganishda quyidagi
prinsiplarga asoslanilsa, bu faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshadi.
1. O‘qitishda umumiy yondashuv tamoyili - bu tamoyil shundan
iboratki, bilim boshdan kechirilgan amaliy tajriba asosida egallanadi.
Mashg‘ulotlar shunday tuziladiki, mavzuning nazariy holati munozarada
anglaniladi, keyin pedagogik qobiliyatni o‘stiruvchi mashqlar o‘ynaladi,
oxirida, muommoning muhimligi pedagogik treninglarda anglab yetiladi.
2. Aktiv kommunikatsiya tamoyili - bu bilimlar sistemasini qayta
ishlashni o‘z ichiga oladi va talabalarni aktivlashtirishga qaratilgan
bo‘ladi: rolli o‘yinlarni o‘tkazish, musobaqa, faoliyat demonstratsiya
qilingan fragmentning muhokamasidan, talabalarni darsni tashkil qilishga
jalb etishdan iboratdir.
3. Pedagogik faoliyatni qismlarga bo‘lib o‘rganish tamoyili -
psixofiziologik va pedagogik treninglar orqali asta-sekinlik bilan alohidagi
usullarni egallash. Har bir talaba o‘quv yili davomida qanday tushuncha,
malakani egallashi zarurligini bilishi lozim. Dastlab, birinchi kurs talabasi
o‘zining, tashqi ko‘rinishi, nutq, pedagogik muomala madaniyati
tashkilotchilik texnikasini boshqarishi lozim.
4. Pedagogik texnika va vazifalarni rivojlantirishda malaka va kichik
dars berishdan ijodiy foydalanash.
5. Yo‘nalish bo‘yicha yondashuv, mashg‘ulotlarda mutaxassislikni
hisobga olish, pedagogik mahoratni shakllantirish.
6. Bilim va malakaning o‘zaro bog‘liqlik tamoyili - bunda oliy
ta’limning laboratoriya mashg‘ulotlarini, akademik litsey, kasb-hunar
kollej va maktablarda pedagogik amaliyotni tashkil etish kiradi.
Pedagogik
mahorat
institut
hayotini
pedagoglashtirilganda
muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa talabalar bilan tugaraklarda, klublarda,
studiyalarda ishlash foydalidir. Faqat oliy maktabning hamma pedagogik
jamoasi va talabalarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati kelgusidagi
50
pedagogda yuqori pedagogik mahoratni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
lozim.
Quruq, ehtirossiz?, tor (qisqacha) "informatsiya" beruvchi darslar
ilmiy va tajribaviy reja bo‘yicha kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
o‘qituvchining o‘z hissiyotlarini ifodalay olishi, ularni talaba sezadigan va
o‘ziga tortadigan qilish muhim rol o‘ynaydi.
O‘z hissiyotlarini yaratishda o‘qituvchi nutq vositasining intonatsiyasi,
fonetikasidan, tana zaboni ya’ni imo-ishoralari, mimikadan va ifodali
gavda tuzilishidan foydalanadi.
Nutq orqali o‘qituvchining hissiyoti talabalar tomonidan boshdan
kechirilishi, u orqali o‘zining munosabatini, ahloqiy qadriyatlarni
talabalarga o‘tkazadi. Bunday hissiy garmoniyaga erishish natijasida u
talabaning milliy dunyosiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi, uning bilish va amaliy
faoliyatida o‘ziga xos katalizator hisoblanadi. Xohlagan o‘qituvchi bilishi
lozimki, shaxsning e’tiqodi hissiyotsiz amalga oshmaydi.
Amaliy o‘quv tarbiya ishlarida o‘qituvchi hissiyotining turlarini,
ularning xususiyatlarini va o‘ziga xosligini bilishi zarur. Insonning
ma’naviy dunyosi — bu juda xilma-xil va beto‘xtov hayajonlardan va
hissiyotlardan iboratdir. Hissiyot hamma dunyoviy sezgilarimizga va
dunyoviy munosabatlarimizga kirib keladi. Buyuk rus pedagogi
K.D.Ushinskiy aytganidek, hissiyotda odamning butun turmush-tarzi,
tarixiyligi ham ifodalanadi.
Tafakkur va hissiyot “bosh” va “yurak” ning o‘zaro uyg‘unligiga
o‘qituvchining pedagogik mahoratiga asoslanadi.
Hissiyotni birinchi va ikkinchi darajaga ajratish mumkin.
Insonning birinchi darajali hissiyoti evolyusiyaning biologik qatlamida
shakllanadi va rivojlanadi, u hayvonlardagi dek instinkt va sezgilardan
iborat bo‘lgan hissiyotdir.
Ikkinchi darajada, insonlarga xos bo‘lgan hissiyot ijtimoiy asosda
yuzaga keladi.
Pedagogik va psixologik fanlarda insonlarga xos hissiyotlar ni yuzaga
keltiradigan predmetlar asosida farqlanadi. Masalan; axloqiy normalar,
mehnat, aqliy, amaliy, estetik hissiyotlarning borligi to‘g‘risida
51
gapiradilar. Tevarak atrofning predmeti sifatida aniklash ularni mazmuniga
ko‘ra birlashtirish demakdir.
B.Spinoza: “Qoniqtiradigan yoki qoniqtirmaydigan, ijobiy yoki salbiy
hissiyotdan boshqa hissiyot yo‘q" - degan edi.
Ijobiy hissiyotga - go‘zal va yuksak hislirimiz kiradi.
Salbiyga esa - axloqsizlik va pastkashlik kiradi.
Ular orasida esa tragedik va komik hislar mavjud. Ularni hissiy
boshdan kechirish (ijobiy va salbiy) qachonki inson hissiyotlarini boshqara
olsa o‘shanda hosil bo‘ladi. Hissiyotning tabiati oliy nerv sistemasiga
bog‘liqdir. Hissiyot organizmning tashqi va ichki holatiga ta’sir etadi. Bu
haqida barcha o‘qituvchilar bilishi kerak va bolalarning estetik
hissiyotlarini rivojlanti rish metodikasini egallashlari lozim, ayniqsa ijobiy
hislatlar ni, faqat ularga, faqatgina ularga pedagogik faoliyatning
muvaffaqiyatiga bog‘liqdir.
3. Ijtimoiy tajriba va amaliy faoliyatda rivojlanadi va egallanadi,
shakllanib boradi.
Ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro munosabati muammosini psixolog
L.S.Vыgoskiy hal etdi: “Ta’lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos
kelmaydi; ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar
psixikasining taraqqiy etishini ergashtirib boradi, unga yakin istiqbol ochib
beradi" - deydi u.
Psixolog
L.S.Vыgoskiyning
nazariy
fikrlari
pedagog
A.S.
Makarenkoning fikrlariga mos keladi. Masalan: A.S.Makarenko bolalar
kitobining tarbiyaviy ta’siri haqida gapirib, “u bolaning yosh kompleks
xususiyatlarini hisobga olishi lozim”, “u bu kompleksdan oldinda bo‘lishi
zarur” bolani “u yurmagan yo‘llar bo‘yicha” olib yurish kerak degan edi.
Demak, talabaning rivojlanish darajasini shartli shaklda ikkiga ajratish
lozim. Birinchisi uning mustaqil harakat qila olishi bo‘lsa, ikkinchisi
talaba ustozlari yordamida qila oladigan xatti-harakatlaridir. Bu psixik
tarakqiyot usuli uning eng yaqin persepsiasidir. Taraqqiyotning shu ikki
bosqichini taqqoslab, bolaning shu paytdagi taraqqiyot darajasi va
kelajakdagi taraqqiyot imkoniyatlari haqida fikr yurita olamiz.
A.S.Makarenko har bir bolaning kamolat imkoniyatlariga va
tarqqiyotning perseptiv yo‘llarini aniqlashga katta e’tibor bergan edi. U
52
“shaxs loyihasini tuzishga” o‘z tarbiyalanuvchilarida hosil bo‘ladigan
ijobiy hislatlarni mustahkamlash va takomillashtirish, salbiy sifatlarni esa
to‘xtatish yoki ularga barham berish uchun ijobiy hislatlarga tayanishga
intilar edi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi.
Tarbiya qoidalari:
■ tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
■ tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi;
■ tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlikdagi qoidasi;
■ tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar usti vorlik
qoidasi;
■ tarbiyada talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
qoidasi;
■ izchillik, tarbiyaviy ta’sirning birligi va uzluksizligi qoidasi.
A.V.Lunacharskiy “ Aqlli va tajribali o‘qituvchi uchta savolga javob
Dostları ilə paylaş: |