68
(suhbat, munozara) tayyorlash va tashkil qilish,
talabalar uylaridagi
ishlarda qatnashish, to‘garak, seksiya va klublarga rahbarlik qilish,
universitet va fakultet tarbiyaviy tadbirlarini
tayyorlash va ularda
qatnashish.
Tashkiliy-metodik ishlar. Rektorat va dekanat topshiriqlari ni
bajarish, universitet,
fakultet, kafedra ilmiy kengashlarini tayyorlash,
ularda ma’ruzalar qilish, kafedra topshiriqlarini bajarish.
Shunday qilib, o‘qituvchining kasbiy faoliyati o‘z ichiga pedagogik
faoliyatning kopleks turlarini qamrab oladi. Ular, o‘z
navbatida, chuqur
bilim, oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy faoliyati talab qiladigan
mutaxassisligi bo‘yicha takomillashgan ko‘nikmalar ni talab qiladi. Ana
shu
vazifalarni
muvaffaqiyatli
bajarish
o‘qituvchi
kasbiy
kompetensiyasiga, uning doimiy takomillashib borishiga bog‘liq. Bunda,
albatta o‘qituvchining kasbiy, shaxsiy
sifatlari ham uning kasbiy
kompetensiyasi aspektlaridan hisoblanadi. Shu ikki narsa – o‘qituvchining
vazifasi va shaxsiy-kasbiy xususiyatlari uning kompetensiyasi asosi bo‘lsa,
uning takomillashib borishi o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini belgilaydi.
O‘qituvchi shaxsiy tavsifi va o‘ziga xosligi. Ilmiy zehn – eruditsiya,
kasbiy pedagogik madaniyat, pedagogik mahorat, ziyolilik, kasbiy
pedagogik yo‘nalganlik, pedagogik fikr yuritish, o‘z faoliyatini sevish, oliy
darajadagi umummadaniyat, kuzatuvchanlik,
sezgirlik, ijodkorlik, hulq-
atvor, talabchanlik,
adolatparvarlik, vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat,
o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish, kommunikabellik, pedagogik optimizm,
talabalar bilan ishlashga ishtiyoq,
intellektual faollik, yangiliklarga
qiziqish va ularni tatbiq etish.
Dostları ilə paylaş: