Konfliktologiya yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko‘pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi.
AQSHning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy- amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi.
Mayamida tashkil etilgan «Tinchlik ta’limi tadqiqotlari markazi” ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi.
Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi.