Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari


Pedagogik muloqot funksiyalari



Yüklə 184,76 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü184,76 Kb.
#207160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pedagogik muloqotning o

Pedagogik muloqot funksiyalari. Pedagogik muloqot sotsial - psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni bilish; axborot almashinish; faoliyatni tashkil etish; rollar bilan almashish; boshqalar uchun qayg’urish; o’zini tasdiqlash.
Muloqotning axborot almashish funksiyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta’minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o’quv tarbiya jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi.
O’qituvchi ta’lim - tarbiya jarayoniga shaxsiy rolli shakl kiritadi: o’quvchilarni darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, o’quvchilarga tashkilotchi va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqt shaxsni o’zini tasdiqlash funksiyasini ham bajaradi. Pedagogning vazifasi o’quvchiga o’zining "Menligi"ni anglashga o’zining shaxsiy ahamiyatini bilishga, o’ziga baho berishga o’rgatishi kerak.
Rollar almashinishi yordamida muloqot o’rnatish esa, ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan hatti-harakatni dasturlaydi (o’qituvchi-o’quvchi).
Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsni har tomonlama namoyon bo’lishini ta’minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta’sir ko’rsatadai. O’qituvchilar o’quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga o’quvchilarni taklif qiladilar, har bir o’quvchini o’qituvchi rolini bajarishga imkon beradilar. O’z shaxsi qimmatini namoyon qilish ham muloqot funksiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Bunda o’quvchilar tomonidan o’z shaxsi (men) ni, qadr-qimmatini, shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta olish uchun intilishlarini ta’minlash o’qituvchining asosiy vazifasidir.
Muloqotning eng muhim funksiyalaridan biri - hamdard bo’lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshqalar nuqtai nazarini ma’qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshadi va jamoadagi munosabatlarni me’yorga keltiradi. Bunda o’quvchini, uning istaklarini tushunish va bular asosida o’quvchiga ta’sir etish zarurligi anglash o’qituvchi uchun juda muhimdir.
Muloqot funksiyalarini bilish o’qituvchilar uchun dars va undan tashqarida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqotlarni yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi.
Darsga tayyorgarlik ko’rayotganda muloqotning barcha funksiyalaridan kompleks foydalanishga erishish zarur. Darsni rejalashtirayotganda faqat axborot berish haqida emas, balki o’quvchilarning o’z shaxsini namoyon qilishlarini va o’z shaxsiy qobiliyatini ham ko’rsata olishga sharoit yaratishni ham rejalashtirish zarur.
Bunda o’qituvchi, ayniqsa, yordamiga muhtoj bo’lgan o’quvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir o’quvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o’ylab qo’yishi lozim. Muloqot bo’yicha yirik mutaxassis olim Kan-Kalik fikricha, professional pedagogik muloqot tarkibi quyidagilarlardan iborat:
 sinf-guruh bilan bo’ladigan muloqotni pedagog tomonidan modellash (loyihalash);
 o’zaro ta’sir ettirishning dastlabki onlarida bevosita faol muloqot olib borish (kommunikativ hujum);
 pedagogik jarayon davomida muloqotni boshqarish;
 amalga oshirilgan tahlil qilish va uni kelgusi faoliyat uchun modellash.
Muloqotning har bir elementlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur.
Modellashtirish bosqichi auditoriyaning o’ziga xosligi, xususiyatlarini bilishini talab etadi: bilish faoliyati xarakteri, uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi tayyorlanayotgan dars o’zaro hamkorlikka mos va faqat o’qituvchi shaxsidan emas, balki o’quvchi shaxsi tomonidan ham o’ylangan bo’lishi, turli variantlarda tuzilishi lozim
Darsga tayyorgarlik ko’rishda uning mazmunini oldingi dars mazmuni bilan bog’lash va u faqat o’qituvchi nuqtai nazaridan emas, balki o’quvchi shaxsi tomonidan ham o’ylanib, turli variantlarda tayyorlanishi zarur. Bu haqda pedagogik texnologiyada batafsil ma’lumot beriladi.
«Kommunikativ hujum» - o’z-o’zidan ma’lum bunda o’qituvchi o’quvchilarni tezda jalb qilish texnikasini bilishi, dinamik ta’sir va o’zini salobatli qilib ko’rsatish usullarini egallashi zarur.
Muloqotning har bir bosqichida o’qituvchi nimani bilishi kerak?
"Kommunikativ ataka" bosqichida sinfni tezda ishga jalb qiladigan texnika kerak, o’zini tanitish va dinamik ta’sir usullarini egallash lozim.
Muloqotni boshqarish bosqichida o’quvchilar tashabbusini quvvatlash, dialog muloqot tashkil etish, o’z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko’nikmalari zarur bo’ladi.

Yüklə 184,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin