o’zbek yigiti uchrashib qolsa, salom - alikdan keyingina suhbatni "Uylanganmisiz?" degan gapdan boshlaydi. Agar ular 30 yoshlarda bo’lsa savol boshqacharoq bo’ladi: "Og’ayni bolalardan nechta?" Ha, kasb - kor, uy - joy, boylik va shu kabi moddiy jihatlar surishtirilmaydi, bu odob doirasiga kirmaydi ham, lekin bola - chaqadan so’z ochish o’zbeklarga xos milliy odatlardandir. Ota - ona uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng katta saodatdir.
O’rta yoshdagi tanish yoki notanish erkaklar va ayollar muloqotida "hammasidan qutilganmisiz?" degan savol uchrashi tabiiy. O’g’illarini uylantirib, qizlarini uzatib bo’lganmisiz? Ota - ona farzandlarini oilali, uy - joyli qilish tashvishi bilan yashaydi, bu ular hayotining mazmuni bo’lib qoladi.
Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi
Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an’analari va urf-odatlari ham ta’sirini ko’rsatadi. "An’ana" arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan - avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf - odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Xalqimizning ilg’or an’analarini o’zlashtirish, unga rioya qilish va boyitib borish lozim. Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma’rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "Sharqona" tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Xalq og’zaki ijodimiz ham bolalarda turli axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. Sharqona munosabatda ota - onaga hurmat bilan qaralishi, oilada otani o’rni alohida bo’lganligi, ota -onaning gapini ikki qilmaslik, ota - onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimz mumkin. YOki ustozga hurmat bilan qarash kabi xislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.