Pedagogik psixologiya fanining paydo bo’lishi va vazifalari fayzullayeva Sitora



Yüklə 23,34 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü23,34 Kb.
#88269
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING PAYDO BO


PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI VA VAZIFALARI
Fayzullayeva Sitora
Termiz davlat pedagogika insitituti
pedagogika va psixologiya yo’nalishi 20:02guruh talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi ekanligi,u shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganilishi haqidagi fikrlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: pedagogic, psixolodiya, maqsad, vazifa, eksperiment, taraqqiy etish, Navoiy, Farobiy.
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shart sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi.
Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. XIX asrning 6O-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bo’la boshladi. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunarmandlarga ta’lim beradigan kattalarning ballik maktablari paydo bo‘la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin kutubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilimlarni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o‘qishlari o’tkazila boshlandi. Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitetlari muhim ro’l o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonalarini yaratish kabi ishlar bilan shuglillanishgan. Sankt-Peterburgda 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S.Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo bo’lishgan. Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo'lib,o‘tmishda ham, hozirda ham qayerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo‘llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi.
Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo’yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar:≪Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo’lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo'la olmaydi≫. Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o’quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi.Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga kata e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni — hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi.
Forobiy insonlarni ilmli bo‘lishga chaqirib, o‘quvchining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. U o‘quvchiga ta’lim berish, uni ilmli qilish uchun o‘qituvchi tinmasdan mashaqqatli mehnat qilsagina o‘quvchi oqishga, ta’lim olishga, bilimli bo‘lishga intilishi mumkinligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o'quvchi oldida haqiqatgo‘y bo‘lishi kerak, o‘zi fahm-farosatli bo‘lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatanadolatli bo‘lishi, ko'zlagan maqsadiga erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak bo'lmog'i joiz, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq yodlashdan ustun qo‘yadi, o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o'zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun-qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko'ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning mulohazasiga binoan, har qanday o'quvchi o‘z xatti-harakatidan xabardor bo'lmog'i, ya’ni o'zini anglagani, zamonaviy psixologiyafani terminologiyasiga ko‘ra, o'zini refleksiya qilish ko'nikmalariga ega bo‘lishi va shu sa’y-harakatlari tufayli baxtga erisha oluvchi insonligini anglamog‘i lozimdir. Forobiy o‘quvchining shaxsigaxos qator fazilatlarga xolisona sharh bergan olimdir.
1864-yilda Peterburgda harbiy-o‘quv yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. Dastlab muzey faqat xorijda nashr etiladigan o‘quv qollanmalarni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan o‘quv qollanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini ommalashtirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda kata ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, pedagogika fanining dolzarb muammolarini ishlab chiqadigan jamoatchilik ilmiy markaziga aylantirildi. Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha Rossiyada birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi.
Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasida oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imkoniyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik psixologiya — psixologiya fanining tarmog‘i sifatida ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o‘quvchilarni maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri — maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hoi yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o'qituvchi psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o'rganish;
5) pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6)o‘quvchilarga individual yondashish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi.Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi vaqachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.
Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har
qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?
4. Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishiboshqa xususiyatlarga bog'liq.
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. Ta’limni bola organizmida ma’lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi? Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikdaqanday ta’sir qiladi?
6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogic ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.
8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bolib o'qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Амонашвили Ш.А. Обучение. Оценка. Отметка. - М., 1980.
2. Ананьев Б.Г. Избранные психологические труды. В 2 т. - М., 1980. Т
2. 3. Бернс Р.В. Развитие Я — концепции и воспитание. - М., 1986. (Я концепция учителя). С. 169—224. С.302—332.
4. Братусь Б.С. Психологические аспекты нравственного развития личности. - М., 1977. С.21-64.
5. Выготский JI.C. Педагогическая психология. — М., 1991. (Психология и учитель: С.358—372).
6. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009
Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin