PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYA PREDMET,TUZILMA, MUAMMOLAR. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISH TARIXI
Bolalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari Uyida tinchi yo’qning har qayerda tinchi yo’q deydilar.
Darhaqiqat, oilasida baxtli bo’lgan kishi har qayerda ham –ishxonada, ko’cha-kuyda, do’stlar davrasida, sayru-sayohatda ham kayfiyati yaxshi bo’lib, ko’ngli ochilib, xursand yuradi.
Bordi-yu, kishi oilada tinchi bo’lmasa, uyidan ko’ngli to’liq bo’lmay, o’zini baxtsiz sanar ekan, har doim bu baxtsizlik soya tashlab turadi va kishining ko’ngli chekkasi doim xafagazak bo’lib turadi.
Qariyalar, ota-onalar o’z turmush tajribalari orqali biroz bo’lsada, farzandlarning psixologik xususiyatlaridan xabardorlar.
Lekin bu xabardorlik aksari umumiylik xususiyatiga ega bo’lib, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga asoslanmagan bo’ladi. Shu tufayli ko’p oilalarda aksari ota-ona bilan bolalar o’rtasida «anglashilmovchilik g’ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o’zgartirish lozim.
Ota-onalar farzandlarining o’zlariga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari zarur. Ayni vaqtda ular bolalarda ham katta yoshdagilarda va qariyalarga nisbatan iliq muhabbat, hurmat munosabat ideal sifatida qarash kabi his tuyg’ularni shakllantira borishi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonalariga oyoq bosishlari bilan oyin faoliyati o’sib o’tadi.
O’qituvchi bilan notanish bolalar bilan muomila qilish ular uchun noqulay vaziyatni vujudga keltiradi.
Ba’zi bolalar bunday holatning oldini olish uchun uni ortiqcha erkalatmaslik, qoygan talablarini hamisha amalga oshiravermaslik kerak.
Uning o’rniga yangi vaziyatni bolaga sabr-toqat bilan tushuntirib borish zarur.
Xuddi shu davrda o’smirlarning to’z shaxsiy fikrini qattiq ushlash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo’lish, kamchiliklarga o’z vaqtida iqror bo’lmaslik, o’jarlik, o’zbilarmonlik, o’zini kattalardek his etish xususiyatlari ko’zga tashlana boshlaydi.
Endi o’smirning maktabda, oilada, ko’cha-kuyda o’zini tutishi o’zgaradi, ijtimoiy-siyosiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi.
O’smirning biologik rivojlanishi, maktab pedagogik jamoa tarkibining kengayishi, tevarak-atrof muhiti va boshqa omillar shular jumlasidan.
O’smirlik davrida (11-15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlarga qator omillar sababchi bo’ladi.
Ilk o’spirinlar esa (16-18 yoshlar) o’zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa bolalardan keskin farq qiladilar.
Ular endi ham jinsiy, ham jinsiy, ham aqliy jihatdan ancha voyaga yetgan yigit-qizlardir. Ularda shaxsiy dunyoqarash, xarakter xislatlari, o’z-o’zini boshqarish kabi individual-psixologik xislatlar tarkib topgan bo’ladi.
Ular vazmin xarakterli, mulohazali, katta yoshdagilarga hurmat ehtirom bilan qarovchi, ota-oanalarning ham endilikda shu o’spirin farzandlari bilan maslahatlashib ish tutishlari, didlariga, mulohozalariga quloq solishlari, umuman ularning rayiga qarashlari, ko’p o’rinda hisoblashishlari lozim.
Pedagogik psixologiya fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada tuplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Pedagogik psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yo‘li ancha murakkab kechgandir.
O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi.
Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk maxsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
O‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: “O‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”, “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim.
Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. 0
Abu Ali ibn Sinoning fikricha: “...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashki dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”.
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon etadi.
Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher Navoiy “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsining markaziy shaxs sifatida ko‘radi.
Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida o‘rin egallaydi.
Nemis psixologi E.Meyyerman bolaning o‘quv maskani davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi.
Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu uammolarga qaratilmog‘i darkor.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qo‘lay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi.
S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok kilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.