24
7. Pedagogik texnologiyalarning pedagogik jamoada ishlab chiqilishi.
Pedagogik
texnologiyalar pedagogik guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish – murakkab va qiyin jarayon bo’lib, bunda xuddi yangi
kompyuter dasturini yaratish kabi dars mavzusini o’qitishning yangi metodikasini ishlab
chiqiladi.
Pedagogik texnologiya ishlab chiqilayotganda shu narsa e’tiborga olinishi
kerakki, har qanday pedagog har qanday sharoitda bu texnologiyani qo’llay olishi zarur.
8. E’tiborning nafaqat natijalarga, balki ta’lim jarayonining o’ziga ham qaratilishi.
Teatr
odamlarni qanday o’ziga jalb qilsa, dars ham o’quvchilarda shunday qiziqish va intilish
paydo qilishi kerak.
Natijadan ko’ra jarayonning o’zi qiziq bo’lishi kerak, ana shunda
o’quvchi darsga intiladi.
9. Ta’lim natijalarining tizimli tartibda baholanishi.
Texnika sohasida reja, loyiha,
me’yoriy ko’rsatkichlar, jadvallar, standartlar bo’lgani singari, texnologik ta’limning ham
o’ziga xos maxsus shakllari va jadvallari, standart qo’llanmalari mavjud.
Bilim,
ko’nikma va malakalarni baholashda ma’lumotni bilish, reproduktiv, produktiv, ijodiy
bosqichlari hisobga olinadi.
Orttirilgan bilim va tarbiya maxsus pedagogik
taksonomiyalar asosida sinflanadi.
10. Darsga tayyorlanish ko’p mehnatni talab qilishi.
Har bir dars materiali uchun o’ziga
xos pedagogik texnologiya ishlab chiqiladi.
Pedagogik texnologiya ishlab chiqish ancha
murakkab jarayon. Pedagogik texnologiyalarni akademik guruhning o’ziga xosligiga,
avvalgi va keyin o’qitiladigan materiallarga qarab tuzish zarur. Shu sababli pedagogik
texnologiya tezisini tayyorlash ishni birmuncha yengillashtiradi, barcha mavzularga
tezish ishlab chiqish unchalik qiyinmas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pеdаgоgikа tаriхi.-T:O’qituvchi, 1976.
2. O. Xasanboyeva, J. Xasanboyev, X. Xamidovalar. O'zbek pedagogikasi tarixi. T.
«O'qituvchi» 1997 yil.
3. A. Zunnunov. O'zbek pedagogikasi tarixi. T. «O'qituvchi» 1997 yil.
25
4. J. Xasanboyev, O. Xasanboyeva. Pedagogika tarixi xrestomatiya. T. «O'qituvchi»
2002 yil.
5. K. Hojamov. «Pedagogika tarixi» T. «O'qituvchi» 2002 yil.
6. O’.Asqarova,M. Xayitboyev, M. Abdullayeva “Ta’lim tarixi” 2013y
.
Dostları ilə paylaş: |