Metod – biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo`li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat uchun qo`llash mumkin bo`lgan bir nechta yo`ldan oldindan ko`zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo`lga aytiladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma’lum yo`ldan foydalangan holda oldindan ko`zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo`llaniladigan harakat usullariga aytiladi.
Hozircha metodlar ,metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba’zan esa aksincha
Pedagogik texnologiya o`quv jarayoni (ya’ni o`qituvchining o`quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko`p darajada bog`langan.
O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyalarni tanlash Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari. Pedagogik texnologiyaning yo’nalishlari ko’p bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:
Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko’p qo’llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
O’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o’yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o’rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo’lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o’quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo’llarini o’rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.