Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi



Yüklə 40,72 Kb.
səhifə3/11
tarix14.09.2023
ölçüsü40,72 Kb.
#143578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ND GSBHDB

Pedagogik texnologiya - bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov). Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

    1. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.

Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar utishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Xozirda inson faoliya- tining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan kuzda tutilgan maqsadlarni to’liq, amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohaasida ham so’nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan o’quvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jixatdan turli usulda ta’sir o’tkazishdan iboratdir.
Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga qarab farq qilmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish davr” larni ko’rib chiqamiz.
I. Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha);
III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari);
IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari);
V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish).
Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan.
Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilishning ikki yo’nalishi belgilandi.

Yüklə 40,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin