«Davra» metodi
0‗quvchilar davra qurib o‗tirib, taklif etilgan savolni galma- gal izohlab chiqishadi. Har bir o‗quvchi o‗z fikrini bayon qilib, muhokamaga foydali ulush qo‗shish imkoniga ega bo‗ladi, chunki barcha qatnashchilaming fikrini bilish muhim. Lekin qatnashchilar o‗z ixtiyori bilan navbatini o‗tkazib yuboradigan bo‗lsa, bu - ta- momila odatdagicha hoi. Ba‘zan qanday bo‗lmasin biror savol yoki topshiriq davra bo‗ylab o‗tkaziladi va uni olgan o‗quvchi o‗z fikrini aytish huquqiga ega bo‗ladi.
Davra bo‗lib ishlashda hamma, jumladan, o‗qituvchi ham, teng huquqlidir; hamma bir-birini ko‗rib turishi, vizual aloqani qo‗llab- quwatlab borishi va shu bilan bir vaqtda so‗zlayotgan kishining gaplarini diqqat bilan tinglashi mumkin.
Raundlardan ko‗pgina maqsadlarda, jumladan baho berish, muammoni hal qilish, ijo- biy mustahkamlash, davrani rejalashtirish, o‗tkazish uchun foy- dalansa bo‗ladi. Davrani muvaffaqiyatli o‗tkazish uchun hamma o‗quvchilar va boshlovchi bir-birini ko‗rib tura oladigan joy tayyorlash, ish tartibini tushuntirib berish zarur. So‗zga chiqmag- anlar diqqat bilan tinglab borishlari, aytilayotgan gaplarga izoh bermasliklari kerak, bunday qilish hattoki o‗qituvchiga ham rux- sat etilmaydi. Oxirida hammaga ulaming ishtirok etganliklari uchun tashakkur bildiriladi. Guruh bilan ishlashda davralar qoi- dalarini o‗quvchilarga tushuntirib qo‗yish zarur.
Bunday o‗yinga o‗rganmagan guruh bilan ishlashni o‗qituvchi nimalar qilish kera- kligini o‗quvchiga tushuntirganidan keyin boshlashi lozim. Guruh bir qadar tajribali boisa, davra mashqining kimdan boshlanishi ahamiyatga ega emas.
Davraiardan o‗quv mashg‗ulotining boshi yoki oxirida foydalanish mumkin. «Galereyani aylanish» metodi
Kichik guruhlaming hamma a‘zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir guruh 10 minut davomida o‗z fikrlarini yozadi-da, javoblar zikr etilgan varaqiami ikkinchi guruh bilan almashtiradi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob tugal bo‗lmasa, o‗z variantini taklif etishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |