Yangi mavzuning bayoni Mavzu: Tutuq belgisi va uning imlosi (39-41 mashqlar)
Tutuq belgili so`zlarni bo`g`inga bo`lish va bo`g`in ko`chirishga oid ushbu qoida o`quvchilrga tushuntiriladi.
Tutuq belgili so`zlarni bo`g`inga bo`lib ko`chirishda tutuq belgisi oldingi yo`lda qoldiriladi: In`-om, ta`-sir, ta`-lim.
Darslik bilan ishlash.
39- mashq
So`zlarni bo`g`inlab o`qish. Ko`chiring, Tutuq belgili bo`ginlarning tagigga chizing.
An`-ana, ma`-rifat, e`-ti-rof, ma`-qul, ta`-na, ta`-zi-ya, ma`-lu-mot, da`-vo, ma`-na-vi-yat.
Shundan so`ng bo`g`in tog`risidagi bilimlar ―Bir bo`g`ini – mendanqolgan bo`g`ini sendan‖ Grammatik o`yini orqali eslab, takrorlab olinadi.
Ushbu o`yin o`quvchilarning diqqatini va ziyrakligini oshiradi. O`quvchi berilgan bo`g`ini o`qib unga qanday tovush yoki bo`g`in qo`shib, yangi so`z hosil qilish ustida faoliyat ko`rsatadi. O`yinning qizizqarliroq bo`lishi uchun, so`z markazida turuvchi bo‘g‘in qavs ichida yoki aylana ichida berilsa yanada yaxshi bo‘ladi.
―Harakatli‖ daqiqa
Boqqa kirsam olmalar, Qip-qizarib pishibdi.
Silkitibdi shamollar Yerga to`p-to`p tushibdi.
Guruhlarda ishlash davom ettiriladi.
Tutuq belgili so`zlarni alifbo tartibida yozish vazifasi topshiriladi. Qaysi guruh topshiriqni tez va a`lo darajada bajarsa o`sha guruh g`olib deb topiladi.
A`lo, ba`zan, da`vo, e`tibor, fe`l, ma`no...
Bid`at, da`vat, ma`lum, mas`ul, qat`iy, sun`iy...
40- mashq.
O`qing so`zlarni bo`g`inga bo`lib ko`chiring.
Ma`-na-vi-yat, ma`-ri-fat, da`-vo-gar, ta`-sir-chan, ma`-mur-chi-lik, mas`-uli-yat, ta`-mi-not, ma`-no-li, ma`-lu-mot-no-ma, san`-at-kor.
Shu so‘zlardan qatnashtirib ikkita gap tuzing.
San`atkor qo`shiq kuylash uchun sahnaga chiqdi.
Abdulla Qahhor ta`sirchan hikoyalar yozgan.
Dostları ilə paylaş: |