Pedagogika” fakulteti “amaliy psixologiya” yo’nalishi 84-19-guruh talabasi abdusalomov dostonbekning



Yüklə 162,06 Kb.
səhifə9/16
tarix24.10.2023
ölçüsü162,06 Kb.
#161072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
SOTSIAL PSIXOLOGIYNING ASOSIY METODLARI

II.4. Anketa metodi

Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo‘linadi.


Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketaga kiritilgan savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin. Masalan, «... xususida Sizning fikringiz?», «... ekanligini bilasizmi?», «... Sizga ma’qulmi?» va shunga o‘xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, «Ba’zi odamlar ... deb hisoblaydilar. Sizchi?» yoki oilaviy daromad qiziqtirgan sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Daromadingiz qancha?» demasdan, uy-ro‘zg‘or buyumlari ro‘yxati va boshqa pul bilan bog‘liq narsalarning bor-yo‘qligini so‘rash yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiruvchilarga «proyektiv» savollar ham beriladi. Bunda shaxsga bir qancha hayotiy vaziyatlar, u yoki bu xulq-atvor shakllari taklif qilinib, ular ichidan o‘ziga ma’qul, u ma’qullashi mumkin bo‘lganini tanlash topshirig‘i beriladi. Vladimir Aleksandrovich Yadov shunday hollarda munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ba’zi odamlar «Mening fikrimga to‘g‘ri kelmaydigan narsani gapirishsa, men hattoki ularni eshitishni ham xohlamayman», deydilar. Sizning fikringiz qanday?
1. Ularga to‘laligicha qo‘shilaman.
2. Ularga qo‘shilaman.
3. Qo‘shilaman, faqat butunlay emas.
4. Ularga qo‘shilolmayman.
5. Ularga tamoman qo‘shila olmayman.
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi:
1. Kirish qismi yoki «respondentga murojaat» deb ataladi, bu qismda odatda tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho‘chitib qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana «neytralroq» savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism respondentning shaxsiy sifatidagi ob’yektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so‘raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi.
To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
Anketa metodi hammaga tanish bolgan usullardan biri. Lekin kopincha anketani o’tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan malumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bolinadi.
Ochiq anketa respondentdan oz fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bolib, tekshiriluvchi oziga maqul bolgan, ozining qarashlari, fikrlari bilan mos bo`lgan javobni belgilab beradi.
Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada masuliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bolsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan oz fikriga ergashtirishga o’xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bolmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo’shimcha fikr bildirish uchun qo’shimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketaga kiritilgan savollar tog’ridan-tog’ri berilishi mumkin. Masalan, “... xususida Sizning fikringiz?”, “... ekanligini bilasizmi?”, “... Sizga maqulmi?” va shunga o’xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, "Bazi odamlar ... deb hisoblaydilar. Sizchi?" yoki oilaviy daromad qiziqtirgan sharoitda tog’ridan-tog’ri “Daromadingiz qancha?” demasdan, uy-rozg’or buyumlari ro’yxati va boshqa pul bilan bog’liq narsalarning bor-yoqligini so’rash yoli bilan ham organish mumkin.
1. Kirish qismi yoki "respondentga murojaat" deb ataladi, bu qismda odatda tadqiqot o’tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan malumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to’ldirish yollari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bolgan munosabatiga bog’liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham etibor berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho’chitib qo’yishi, hattoki, to’ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga otish, oxirida yana "neytralroq" savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism respondentning shaxsiy sifatidagi obyektiv malumotlarni olishga qaratilgan bolib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy axvoli, kasb-kori va boshqalar so’raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko’ra, qo’l bilan tarqatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to’ldiriladigan formalarga bolinadi.
To’plangan malumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot usullari Ijtimoiy psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir.
Chunki shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan xodisa shu bo‘ldiki, bu fandagi nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning metodologiyasi muamolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, — deb yozadi u, — ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Shuning uchun eksperimental va korrelyatsion tadqiqotlar bor.
Ikkinchi metodologik muammo — bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqikot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin shu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq - puxta nazariyaning bor-yo‘qligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada gipotezalar*4 tuzish va ular asosida kerakli umumiy xulosa chiqarish ishini bilish kerakdir.
Uchinchi muammo — bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. O‘rganish obyektining hajmi yoki soni xususida shuni aytish mumkinki, ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar gipotezalar to‘g‘ri ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarining ma’lumotiga ham ishonishi mumkin.
Lekin tadqiqot uslubini — metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj — sinov tadqiqoti o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Bunda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar obyektining to‘g‘ri tanlanganligini ham, ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin.
Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va u o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.


Yüklə 162,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin