Vositali to’ldiruvchi. Vositali to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilmagan, lеkin uning bajarilishi uchun vosita bo’lgan yoki unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan prеdmеtni bildirib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda? nimada? kim bilan? nima bilan? kim to’g’risida? nima to’g’risida kabi so’roqlarga javob bo’ladigan ikkinchi darajali bo’lakdir.
Hol gapning ma'noviy mundarijasi va sintaktik tuzilishida faol qatnashuvchi gap bo’lagidir. Biroq u gapning bosh bo’laklari singari doimiy a'zosi, grammatik markazi emas. Uning gapda qatnashishi so’zlovchining fikri, maqsadiga bog’liqdir.
5- MA`RUZA: Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumiy va umumlashtiruvchi birliklarning qo‘llanishi. bo‘laklarning turlari. (2 soat)
REJA:
Uyushiq bo’laklar haqida umumiy ma’lumot.
Uyushiq bo’laklarning sеmantik-sintaktik xususiyatlari.
3. Uyushishning ifoda vositalari.
4. Umumlashtiruvchi bo’lak va unda tinish belgilarining ishlatilishi.
5. Ajratilgan bo’laklar.
6. Ajratilgan bo’lak turlari.
Darsning maqsadi:talabalarda uyushiq bo’laklar to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: |