Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


Keys. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ta'limida ilmiy haqiqat muammosi – munosabatlardagi nomuvofiqlik



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə143/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

Keys. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ta'limida ilmiy haqiqat muammosi – munosabatlardagi nomuvofiqlik.

Muammoning tuzilishi:

1.Til hodisasining abstrakt xarakteri natijasida vujudga keluvchi ilmiy faraz va talqinlarning serqirraligi.

2.”Hol ergash gapli qo‘shma gap deb ataluvchi qo‘shma gapning strukturasida, aslida holning mavjud emas!”

3.Boshlang‘ich ta'lim ona tili darslarida qo‘shma gap sintaksisi o‘tilmasa-da, universitetning ushbu yo‘nalish talabalari mazkur mavzuga doir atroflicha bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari shart.

3.Oliy maktab ilmiy muammoni hal etishda to‘liq va to‘g‘ri ta'lim manbai bo‘la oladimi?

KeYS

Dildora akademik litseyda o‘qib yurgan davridayoq, ona tili fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirish maqsadida repetitorga qatnadi. Litseyni muvaffaqiyatli tamomlab, universitetning Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirdi. Test sinovlaridan juda yaxshi natija bilan o‘tgan Dildora bakalavriatda grant asosida o‘qish imtiyozini qo‘lga kiritdi.

U fanlarni yuqori ko‘rsatkich bilan o‘zlashtirar, o‘zi ham egallayotgan bilimlaridan qoniqish hosil qilardi. Ayniqsa, eng sevimli fani – ona tilidan bilim bo‘yicha uning oldiga tushadigan talaba kam edi. Sababi, ona tili fani Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishining mutaxassislik fani bo‘lib, u yo‘nalish talabalariga semestr semestr davomida o‘rgatiladi. Hamda Dildora bu fanni puxta o‘zlashtirish – yuksak malakali pedagog bo‘lishga yo‘l ochuvchi asosiy omil deb qaraganidan, fanni sidqidildan o‘zlashtirishga harakat qilardi.

4-kursga ko‘chganlarida, ona tili fanini 3 yil davomida o‘tib kelgan Saida Po‘latovna emas, butunlay yangi o‘qituvchi o‘tishi ma'lum bo‘ldi.

Yangi pedagog, ya'ni, Bahrom Jahongirovich tabiatan demokrat inson bo‘lganligidan, talabalarga qo‘shma gap sintaksisi borasida yangi, kutilmagan fikrlarni aytardi. Uning bu harakati Dildorada dastlab, hurmat hissini uyg‘otgan bo‘lsa, ketma-ket bahslashuvlar, o‘qituvchining Dildoraning fikriga zarracha bo‘lsa ham yon bosmasligi, o‘z qarashlarida qat'iy turib olishi uning g‘ashiga tegadigan bo‘ldi.

Xuddi shuningdek, “Shart ergash gapli qo‘shma gap” mavzusini ma'ruzada tushuntirib berayotgan Bahrom Jahongirovich: “Agar ergash gapning kesimi fe'lning: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi orqali shakllantirilishini inobatga olsak, Kelsam, yo‘qsan konstruksiyasida shart ergash gapning mavjud emasligi ayonlashadi”, deb qoldi. Bunga javoban, Dildora: “Ustoz, davrlar osha bunday konstruksiya shart ergash gapli qo‘shma gap sifatida tasnif va tahlil etib kelindi. Bu haqda ko‘plab ilmiy ma'lumotlar mavjud bo‘lib turganda, buni qanday qilib inkor etish mumkin?”, - deya e'tiroz bildirdi. Biroq, e'tirozi besamar ketdi: o‘qituvchi

Sekin-asta, Dildora ona tilidan egallagan bilimlaridan shubhalana boshladi va natijada fanga nisbatan ishtiyoqi bir qadar susaydi.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin