Orqali ko‘makchisi vosita ma’nosini, chog‘li, chamasi ko‘makchilari chama, taxmin, ma’nolarini, osha, bo‘ylab ko‘makchisi makon bo‘ylab sodir bo‘lish ma’nosini, bo‘yicha ko‘makchisi moslik ma’nosini, uzra ko‘makchisi biror sath bo‘ylab yo‘nalish ma’nosini, ichra ko‘makchisi biror predmetning ichida sodir bo‘lish ma’nosini, degan ko‘makchisi atash ma’nosini, bo‘yi ko‘makchisi davomlilik ma’nosini, haqida (to‘g‘risida) ko‘makchilari fikr qaratilgan predmet ma’nosini, holda (yo‘sinda) ko‘makchilari holat ma’nosini ifodaslaydi: Pochta orqali jo‘natdi. O‘n chog‘li odam to‘plandi. Asrlar osha yetib keldi. Ariq bo‘ylab yurishdi. Urush haqida so‘zladi.
2) jo‘nalishkelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:
Tomonko‘makchisi ham jo‘nalish, ham bosh kelishikdagi so‘zlarga bog‘lanib, yo‘nalish ma’nosini, qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini, ko‘ra ko‘makchisi sabab, ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini