13
1.2. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi
sifatida
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga
bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7
yoshgacha
bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom,
rivojlangan, mustaqil
shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga
bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda
shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni
olib kelish
va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida
xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in
xavfsizligini
tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan
talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi
umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2
yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan
bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni,
parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish
va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining
mol-mulki va pul
mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi
14
kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim
muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: