Pedagogika fakulteti


 Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix14.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#129954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-Ma’ruza. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi s

2.2. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari 
Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari 
asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va 
quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: 
— maktabgacha ta'lim; 
— umumiy o'rta ta'lim; 
— o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi; 
— oliy ta'lim; 
— oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; 
— kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
— maktabdan tashqari ta'lim. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil 
ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar 
ta'limini joriy etishdan iboratdir. 
MAKTABGACHA TA'LIM 
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam 
ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha " 1 ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha 
davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda 
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda 
mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
 


25 
UMUMIY O'RTA TA'LIM 
To'qqiz yillik (I—IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. 
Ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni (I— IV sinflar) qamrab oladi hamda 
o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni 
o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va 
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko'nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof-muhitga Ongli munosabatda bo'lishni va 
kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o'rta ta'lim tugallanganidan keyin o'quv 
fanlari va ular bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan holda davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin