Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki:
qishloq joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan
iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta’lim muassasasining eng
kam quvvati 50 o‘rindan kam bo‘lmasligi kerak;
qurilgan maktabgacha ta’lim muassasalari binolari yoki xonalari davlat yoki
nodavlat ta’lim muassasalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida,
turarjoy mulkdorlarining qaroriga muvofiq tashkil qilish uchun foydalanilishi
mumkin;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish,
tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish faqat
Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatish,
ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish haqida Vazirlik
bilan kelishmagan holda qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Vazirlik Iqtisodiyot
vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va
33
“O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda 2025-
yilgacha maktabgacha ta’lim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr
energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash dasturi loyihasini
ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha yagona integrator” MChJ hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat
xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha:
bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat
xizmatidan foydalanganda;
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar uchun jismoniy
shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha xizmatni joriy etsin.
12. Vazirlik:
a) o‘n kunlik muddatda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Vasiylik
kengashlarini tugatsin hamda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Kuzatuv
kengashlarini tuzsin;
b) bir oylik muddatda:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan dam olish kunlarida va ish
kuni tugagandan keyin belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha
qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish (bolalarni parvarishlash, qarab turish,
o‘qitish bo‘yicha va boshqalar) tartibini tasdiqlasin;
Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqida nizomni
tasdiqlasin va unda, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga Vazirlikning hududiy
bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta’lim
muassasasi rahbarini saylash huquqi berilishi nazarda tutilsin.
13. Belgilansinki:
a) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab
34
chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy xarajatlar (homiylik, beg‘araz
yordam summalaridan tashqari) qoplangandan keyin moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy
rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar uchun foydalaniladi;
b) davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hisobvarag‘iga qo‘shimcha pullik
xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin:
80 foizi — maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy
rag‘batlantirish hamda maktabgacha ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasini
yaxshilashga (ta’mirlash, inventar va uskunalar, o‘quv-uslubiy materiallar sotib
olish va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
10 foizi — Jamg‘armaga;
5 foizi — tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga;
5 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi,
viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha
ta’lim bosh boshqarmasining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga
yo‘naltiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishni birgalikda
moliyalashtirish, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash va moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlanadigan
2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun donor
mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini (kreditlar, qarzlar,
grantlar) davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilishni ta’minlasin.
15. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan
birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish
35
tartibini belgilaydigan Hukumat qarorini, bunday vakolatlar berilgan organlarning
qat’iy ro‘yxatini, tekshiruvlarni tayinlash va o‘tkazishning huquqiy asoslarini
ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maktabgacha ta’lim
muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan
nazoratni kuchaytirsin hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga
muvofiq qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llasin.
Nazorat qiluvchi organlar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan
birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish chog‘ida
aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilishi va keyinchalik yo‘l qo‘yilmasligiga
har tomonlama yordam ko‘rsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur
mablag‘larni 2018-yilda “Ta’lim” tarmog‘i bo‘yicha Davlat budjeti parametrlari
chegarasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasining faoliyatini tashkil qilish
bo‘yicha, shu jumladan, ularni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutgan holda;
Jamg‘armaning faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilsin hamda
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirini Jamg‘arma mablag‘larini
taqsimlovchi etib belgilashni nazarda tutsin.
19. Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasini Toshkent shahar, Yashnobod
tumani, Oqdaryo ko‘chasi, 122-uyda joylashgan Yashnobod kompyuter
texnologiyalari kasb-hunar kolleji binolarida joylashtirsin.
20.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-
ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-
ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
36
22. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
A.A. Abduvoxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi
o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri
A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |